18
dinozavrlardan 60 million yil avval
sutemizuvchilar (Matalia) sinfidan
kelib chiqqan so‘nggi primat (primates)ning
gominid (hominid)
oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2–3 million yil avval tadrijiy
shakllana boshlagan inson (homo) zoti dastlabki
mohir odam (homo
habilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga
ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir
maymun-odam (pitekos
antropos), keyin esa qadimgi odam (arhantropos) va 150 ming yil
avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil
mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (homo
erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. hozirgi odam –
aqlli odam (homo
sapiens) turi yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90–100 ming
yildan beri yashab keladi.
tadrijiylik doirasidagi darvin ta’li motiga
ko‘ra insonning kelib chiqishi va mav-
judligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish,
irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.
Charlz Robert Darvin (angliya, 1809–1892)
«Tabiiy tanlanish
yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda
maqbul zotlarning saqlanishi» (1859),
«Madaniy o‘simliklarning va
uy hayvonlarining o‘zgarishi» (1859),
«Madaniy o‘simliklar va uy
hayvonlarining o‘zgarishi» (2 jildlik, 1871),
«Inson va hayvonlarda
emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning
tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. biologiyaviy tushuntirish me’yorlari
va ideallarini qayta qurdi. lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf
etilgan edi.
darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la
shakllanib bo‘lmagan edi. shuning uchun ham unda insonning
biologiyaviy, ruhiy va
ijtimoiy jihatlari o‘z aksini topmagan. k. marks
va boshqalarning ijtimoiy omillar to‘g‘risidagi nazariyalari bu
ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra,
darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga
olinmagan.
darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tad-
rijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi.
bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar
harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda
kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat
Dostları ilə paylaş: