166
sardorlari dan bo‘lgan a.gramshi lenin va boshqa bolshevik-
kommunistlardan farqli o‘laroq yozgan edi: «sharqda
davlat
beqiyos kuch edi, fuqarolik jamiyati ilk,
uyushmagan holatda
bo‘lgan. g‘arbda davlat bilan jamiyat o‘rtasida tartibga solingan
munosabatlar mavjud edi va agar davlat tebrana boshlasa,
darhol
fuqarolik jamiyatining mustahkam tarkibi yuzaga chiqqan. davlat
oldingi handaq hisoblangan, orqada qal‘a va istehkomlarning
mustahkam zanjiri turgan».
xo‘sh, bu nima bilan izohlanadi?
Birinchidan, sharqda
mulk ning asosan jamoaviyligi bilan bo‘lsa, g‘arb-yevropada
avvalboshdan xususiy mulk ustunlik qilganligidadir. mulkning
bu shakli hukmronligi ham avtomatizm yo‘li bilan fuqarolik
jamiyati institutini paydo qilmaydi.
davlat va, umuman,
siyosiy rejim demokratiyaning ma’lum talablariga javob be -
rishi kerak. shu sharoitlardagina fuqarolik jamiyatiga zaru-
riyat bo‘ladi. ko‘rinadiki, davlat (har
qandayi emas, balki
demokratiyaviyligi) yaratib bergan shart-sharoitlar fuqarolarning
kundalik manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi
lozim.
bunda ishontirish, huquqiy va axloqiy me’yorlar hamda
erkin shaxsning ajralmas huquqlari asosida nosiyosiy tashkilotlar
yordamida ish yuritiladi.
Ikkinchidan, erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari shundayki, o‘z
manfaatlari yo‘lida erkin shaxslar fuqarolik sohasida amal qiladigan
demokratik tartiblarga tayanib o‘zlarining keragicha tashkilotlarini
yarata olishi mumkin va lozim. zero, erkin va mustaqil shaxs –
fuqarolik jamiyatining markaziy figurasidir.
Uchinchidan, davlat o‘z faoliyatida fuqarolar talab va ehtiyojlarini
maksimum darajada hisobga olishga majburdir. Chunki bu o‘z-o‘zini
doimiy mavjudligini ta’minlashga qaratilgandir. so‘ngra fuqarolar
ham o‘zlarining xilma-xil manfaatlarini ta’minlashda davlat
mexanizmiga murojaat qilishga haqlidirlar. bunda esa ular o‘zlarining
ko‘plab nosiyosiy tashkilotlarini ishga soladilar.
Fuqarolar
mavjud demokratik ijtimoiy
tuzum sharoitlarida hokimiyatning belgi-
lovchi manbasi hisoblanadi. ularning
jamiyati markazlashgan davlat hokimiyati
va erkin shaxs o‘rtasidagi mustahkam
Dostları ilə paylaş: