167
vositachi bo‘g‘inni tashkil etadi. davlat esa hokimiyatdan nisbiy
mustaqil bo‘lgan shaxsning huquq va erkinliklarini amalga oshirish
uchun zarur sharoitlarni yaratish orqali
yuz berishi kutilayotgan
inqirozlarning oldini oladi.
Fuqarolik jamiyati tashkil topishini zarur etib qo‘yadigan konkret
shart-sharoitlar xilma-xildir. buni turli nodavlat va xususiy xayr-
ehson jamg‘armalari misolida qarab chiqish mumkin. bu xususda
adabiyotlardagi qarashlarni quyidagicha
umumlashtirib keltirish
mumkin:
1) fuqarolarni tashkiliy birlashib kimgadir yaxshilik qilishida
instinktiv tarzda rahm-shafqat,
achinish holati turadi;
2) e’tiqodiga ko‘ra inson birovlarga yetkazgan yaxshiligidan ichki
qoniqish hosil etadi;
3) kishilardagi xayr-saxovatga moyillik, uni tashkiliy uyushtirish
jamoatchilik oldida o‘zlikni namoyon qilish sifatida qaralishi
mumkin;
4) kishilarning tevarak-atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlardan
xabardorligini ko‘rsatadi;
5) o‘ziga o‘xshagan kishilar bilan munosabatda burchga sodiqlikni
ifodalaydi;
6) fuqarolik nuqtayi nazaridan moddiy
manfaatdorsiz birovga
yaxshilik qilish evaziga o‘zida qoniqish his qilish;
7) fuqarolik majburiyati sifatida umuminsoniy ma’noda tushu-
nilgan adolatga sodiqlik va boshqalar.
hozirgi O‘zbekistonda
kechayotgan
ja ra yon lar o‘tish jamiyatiga tegishli
bo‘l ganidan ijtimoiy maqomiga ko‘ra
mamlakat kechikib rivojlanish tipiga
kiradi. sovet
davri sharoitida hukmron
partiya va davlat qo‘lida butun hokimiyatning to‘planishi orqali
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatlardan samarali bo‘lgan jamiyatni
yaratish iloji bo‘lmagan edi. Chunki tarixiy-ijtimoiy jarayonlarning
subyekti – ajralmas huquq va majburiyatlarga ega ongli fuqaroni
totalitar tuzum yetishtira olmagan edi. busiz esa fuqarolik jamiyati
bo‘lmasligi ravshandir.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi qator o‘ziga
xosliklarga ega. ular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: