172
kabi jihatlar tanlov asosiga qo‘yilmog‘i zarur bo‘ldi. bu mezonlar,
o‘z
navbatida, tarixiy jihatlardan o‘zlikni anglashga imkon berdi.
ya’ni, millat, xalq o‘zining kimligini, o‘tmishda qanday jasoratlar
ko‘rsatgani,
shu bilan birga, qanday nuqsonlardan xoli emasligi
anglandi.
mustamlakachilar va totalitar o‘tmishdan
qolgan ma’naviy qashshoqlikni tugatish
tarixiy xotirani uyg‘otish orqali yuz beri-
shi mumkin edi. bu o‘tgan asr boshlarida jadidchi-ma’ri fatparvarlar
ham ko‘targan masala edi. president
islom karimov bunga keng
qamrovda yondashdi:
«har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-muddaolari, shu
bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib,
ma’naviy dunyosini yuksaltirib berishga intilar ekan, bu borada tarixiy
xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. ya’ni, tarixiy xotira
tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining
barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam
tarix bo‘ladi
1
. ko‘rinadiki, tarix buyuk murabbiy. undan nafaqat ibratli
xulosalarni, balki achchiq haqiqat saboqlarini ham olish mumkin.
O‘zbek xalqining tarixiy xotirasida zardushtiylik dini yod gor-
ligi
«Avesto»da jamlangan donolik, kushoniy turkiylar davrida
buddaviylikka katta e’tibor berilgani tufayli, bu din g‘oya lari
Osiyoning sharqiy qismi tomon tarqalib, tinch okean sohillarigacha
yoyilgani, turk hoqonligi davlatchiligidagi federativ tuzilmaviylikning
o‘z davrida katta voqea bo‘lganligi ijobiy hodisalar sifatida zamonaviy
mezonlarda tiklandi. ayniqsa, islomiy
qadriyatlarga oid tarixiy
haqiqatlarning xalqqa qaytarilishi juda muhim bo‘ldi.
O‘zbekiston hududi
islomiy falsafa, ilohiyot, huquqshunoslik,
shuningdek, ko‘pgina ulug‘
muhaddislar faoliyat ko‘rsatgan makon
bo‘lganligi jahon jamoatchiligiga ilgaridan ma’lum edi.
lekin bu
to‘g‘rida, o‘zbek xalqining andariya qismi xabarsiz edi. istiqlolning
o‘tgan yillarida mamlakatda bu yetishmovchilikni bartaraf etish
bo‘yicha katta ko‘lamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borildi.
Xususan, ulug‘ muhaddislar, so‘fiylar, ilohiyotchilar
qabrlari obod
1
Islom Karimov. «yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». t., «ma’naviyat»,
2008, 97-bet.
Dostları ilə paylaş: