176
yo‘l O‘zbekistonga mutlaqo to‘g‘ri kelmasdi.
Birinchidan, yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan iqtisodiyot bunga
minimal darajada ham imkon
bermasdi.
Ikkinchidan, mamlakat aholisi tarkibi, uning ko‘pchilik
qismining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hisobga olish bo‘ldi. bunda
prezident i.karimov tomonidan asoslangan mashhur besh tamoyil juda
muhim ahamiyat kasb etdi. ular quyidagilar edi:
– iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi,
siyosat izidan bormasligi;
– davlatning bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi;
– qonunning ustuvor bo‘lishligi;
– kuchli ijtimoiy siyosat olib borish lozimligi;
– bozor munosabatlariga o‘tish sekin-asta, tadrijiy olib bori lishi.
1
O‘zbekistonda
bozor munosabatlari,
garchi ba’zi iste’mol tovarlari sotiladigan
sharqona bozor joylari ancha-muncha
bo‘lsa-da, aytish mumkinki, qat’iy ma’noda juda past boshlang‘ich
darajadan shakllana boshladi.
ma’lumki, kishilar har doim o‘zaro nimanidir almashadilar.
bu oxir-oqibatda savdoni yuzaga keltiradi. savdoning mavjudligi
bozorni bildiradi. hozirgi davrda
garchi bozorni sof nazariy
jihatdan tegishli taklif, talab va mahsulot bahosi birligida olib
qaralsa-da, kishilik jamiyatini ko‘p sonli
infratuzilmalardan iborat
bozor munosabatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan
boshqariladigan bu munosabatlarda barcha narsa va hodisalarda
bo‘lganidek, ikki tomon mavjud. ulardan biriga ko‘ra birovlar bozor
munosabatlarida qanchalik ishtirok etib boyib ketsa,
boshqalar
shunchalik kambag‘allashib qoladilar. bozor – iste’molchi uchun
ishlaydi. u esa o‘zining barcha talablari qondirilgani uchun haq
to‘laydi.
bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zicha kishilarning ichki dunyosi, g‘am-
tashvishlari
bilan emas, balki faqat foyda olish uchun ishlaydi.
shuningdek, bozor tizimlari garchi ichki mantiqqa ega bo‘lsa-da,
uning harakatida tebranish kuzatiladi, ya’ni, rivojlanish va zarar
ko‘rib ishlash holatlari ro‘y berib turadi. bunda narx-navoning oshib
ketishligi, ishsizlik va hokazo salbiy hodisalar yuzaga keladi. ayni
1
I. A. Karimov. «O‘zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura».
1-jild. «O‘zbekiston», t., 300–301-betlar.
Dostları ilə paylaş: