20
Alferd Uollesning tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz
tabiatshunosi
Tomas Gekslining 1863-yilda bosilib chiqqan
«Tabiatda
insonning o‘rni» asarida birinchi marta maymunlar, xususan,
shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi
g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng
Ch. darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi
dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti –
«Insonning kelib chiqishi va
jinsiy tanlov» asari yaratildi. unda inson allaqachonlar qirilib ketgan
qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari
surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning
«Maymunning
odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli» asari ta’sirida inson
va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi.
mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib
chiqqanligini asoslash muammoligicha qolmoqda. bunda, ayniqsa,
insonning maymundan uchta asosiy farqi –
tik yurishi, qo‘llarining
rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan
miyaga
egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.
Olimlar, jumladan, fransuz atropologi
Buje da Pert qo‘yilgan
masalaning javobini inson ilk ajdodlarining mehnat qurollarini yasash
faoliyatidan topishga harakat qildi. tik yurishni izohlashda esa yashash
muhitining o‘zgarishi, masalan, inson ajdodlarining o‘rmondan keng
tekislikka chiqishi yoki qoyali joyda hayot kechirishiga o‘tish va h. k.
bilan bog‘liq omillarni asos qilib oladi.
miyaning hajmi va og‘irligi hamda qo‘llarning rivojlanishi
to‘g‘risida ham ko‘pdan ko‘p o‘zaro yaqin bo‘lgan qarashlar ilgari
surildi.
lekin keyingi yarim asrcha vaqt ichida qadimshunoslik
(arxeologiya), genetika, zoologiya kabi fanlarda qilingan kashfiyotlar
tadrijiylikning mehnat nazariyasi pozitsiyasini muayyan darajada
kuchsizlantirdi. xususan, arxeologlarning hindiston va sharqiy
Afrikada qilgan kashfiyotlari, ya’ni, topilgan suyak qoldiqlari
ibtidoiy odamlarga tegishliligi yoki ayrim jihatdan hozirgacha
topilgan tosh qurollardan ham qadimiyligi ma’lum bo‘ldi. buni
esa ba’zi olimlar ajdodlarimiz avval inson ko‘rinishini olganligi va
so‘ngra esa tosh qurollar yasaganligi tarzida izohlaydilar. genetika
fani ma’lumotlariga ko‘ra, inson qadimgi ajdodlarining qurollar
yasash faoliyati genda qayd etilmaydi va irsiy yo‘l bilan avloddan
avlodga o‘tmaydi.
Dostları ilə paylaş: