Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Siyosiy 
globallashuv
viii bob. Globallashuv va global muammolar
www.ziyouz.com kutubxonasi


186
bu, birinchidan milliy xo‘jaliklarning 
o‘z mamlakatlari chegaralariga sig‘may 
boshqa mamlakatlar xo‘jaligi bilan inte -
gratsiyaga kirishgani natijasida tovarlar 
oqimi tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‘lib, mamlakat 
rivojlanishi uchun qo‘shimcha yo‘l ochiladi. Ikkinchidan, savdo 
ehtiyoji bu jarayonni tezlashtirishga turtki bo‘ladiki, bu maqsadda 
hatto Jahon savdo tashkiloti ham ta’sis etilgan. Uchinchidan, 
tabiiy resurslarning notekis joylashganidan zarur xomashyoga ega 
bo‘lishga undaydi. To‘rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan, 
milliy iqtisodiyotlarni o‘zaro bog‘liqligidan foydalanib oldinga o‘tib 
olish mumkin. Beshinchidan, harbiy va boshqa sohalar ehtiyojlari 
global aloqaga ega bo‘lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek, 
kommunikatsiyaning boshqa vositalarini jiddiy rivojlantirishni 
talab etadi. Oltinchidan, aholi migratsiyasi jarayonlarini boshqarish 
zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‘yadi va h.k. 
globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida 
konk ret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan transmilliy 
korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim. 
bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret 
hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan.
Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘ar-
masi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar 
ishlab chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini 
yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi. ular moliyaviy davlat 
sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq 
imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan 
istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa 
xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. 
bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda 
turli qarorlar, shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi 
kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb 
qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi.
iqtisodiy globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga 
kiritilayotgan sarmoya va texnologiya uchun davlat suverenitetining 
bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‘linadi. buning oqibatlari 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin