189
Savollar va topshiriqlar
1. globallashuv davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
qiloladimi?
2. globallashuvning xalqlar ma’naviyati uchun tug‘diradigan
xavfini mulohaza qiling.
3. globallashuv jarayonida inteRnet qanday o‘rin tutadi?
36-§. hozirgi davrning global muammolari
globallashuv ijobiy
jihatlari bilan birga
qator jiddiy muammolarni ham tug‘dirdi.
ularning muayyan qismini «hozirgi davr-
ning global muammolari» deb atash qabul qilingan.
Jahon miqyosida yuz berayotgan global jarayonlar tahlili
shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda quyidagilar inson uchun dolzarb
muammolar hisoblanadi:
– yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, termoyadro urushining oldini
olish va adolatli xalqaro iqtisodiy tartibot o‘rnatish;
– atrof-muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo);
– aholi soni va tarkibi bilan moddiy va ma’naviy
qadriyatlar
yaratilishi mutanosibligiga erishish (demografik muammo);
– yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va quvvat manbalari bilan
ishonchli ta’minlash;
– ochlik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak
rivojlanishdagi va ulardan keyinda qolgan mamlakatlar o‘rtasidagi
keskin farqni bartaraf etish;
–
xavfli kasalliklarni tugatish;
– inson ma’naviy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya
muammosi) va boshqalar.
kelib chiqishi, mavjudligi va hal etilishi jihatlariga ko‘ra, global
muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchisi – bu kishilar uyushgan jamiyatning tabiati, turli
mintaqalar davlatlarining (masalan, sharq-g‘arb,
Janub-shimol,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar) xilma-xil manfaatlari
majmuasi bilan bog‘langan, boshqacha aytganda,
baynal ijtimoiy
jarayonlar, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar tug‘dirgan muammolardir.
Dostları ilə paylaş: