190
Ikkinchi guruhga inson va u mansub bo‘lgan jamiyat tizimida
yuzaga kelgan munosabatlarni ifodalaydigan muammolar kiradi.
Uchinchisi o‘z ichiga «jamiyat-tabiat»
tizimi doirasidagi munosa-
batlar tug‘dirgan muammolarni oladi.
global muammolarning muhim jihatlaridan biri fan-texnika
taraqqiyoti bilan aloqadorlikdaligidir. Fanda
erishilgan kashfiyotlar
tezda yangi texnika vositalari yaratishni ta’minlasa, o‘z navbatida,
texnik rivojlanishi ham fanda yangi o‘zgarishlarni
sodir etishga
jiddiy turtki bermoqda. agar insoniyat ajdodlari yozuv ixtiro
qilgunga qadar taxminan 3 million yil og‘zaki aloqa qilgan bo‘lsa,
undan 5 ming yil keyingina
kitob bosishni o‘rgandi. undan 500 yil
o‘tib
telefon, radio va
televideniyega ega bo‘ldi, an’anaviy eshituv-
ko‘ruv
vositalaridan kompyuterlarga o‘tish uchun atigi 50 yilcha vaqt
kerak bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq, erishilgan kashfiyotlar kim
qanday maqsadlarni ko‘zlasa, o‘shalarga tatbiq etilmoqda. bu esa
global muammolarning yanada o‘tkir, dolzarb bo‘lib
turishiga olib
kelmoqda.
tinchlik xalqlar uchun bebaho ne’mat
bo‘lganidek, urush ham insoniyatning
butun tarixi
davomida uning doimiy
yo‘ldoshi bo‘lib keldi. yozma yodgor-
liklarning guvohlik berishicha, so‘nggi 6 ming
yillik vaqt mobaynida
yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo‘lgan. shu davr ichida
atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. amerikalik muallif R.klarkning
«urush ilmi va tinchlik» kitobida keltirilishicha, 1820–1859-yillarda
92 ta urushda 800 ming (ja’mi aholining 0,1%i), 1860–1899-yillarda
106 ta urushda 4,6 million (0,4%), 1900–1949-yillarda esa 117 ta
urushda 42,5 million (2,1%) odam qirilib ketgan.
bizning davrimizda ham xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi
munosabatlar tarkibi, xalqaro siyosat mexanizmi, urushlarga
tayyorgarlik ko‘rish mexanizmlari va hokazolar o‘zgarishsiz qolgan.
matematikaning so‘nggi yutuqlari asosidagi hisob-kitob –
modellashtirish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda to‘plangan yadro
zaryadlari portlatilsa, amerika, yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar
yong‘in ostida qolib ketishi, bir oydan so‘ng yer ustidagi atmosfera
harorati 15–20 darajada, sibir markazi va boshqa ayrim mintaqalarda
esa, 40–45
darajagacha pasayib, uning aylanishi (sirkulyatsiyasi)
Dostları ilə paylaş: