21
maymunlarni uzoq o‘rgangan zoologlar ularning eng sodda
mehnat qurollari yasay olishini va o‘ziga xos ovchilik xususiyatlariga
ega ekanliklarini qayd qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, maymunlar
odamsifat hayvon ajdodlarining bir qismi bo‘lib, mehnat faoliyatini
bajarolmagani tufayli o‘sha davr darajasida qolib ketgan. boshqa
qismi esa ayni mehnat faoliyati tufayli insonga aylangan. biroq bu
taxminlar ham hamon muammoligicha qolmoqda.
endi haqli savol tug‘iladi: insonning
hayvon ajdodlari mehnat
faoliyati qat’iy ma’noda tabiatda tayyor holda berilmagan mehnat
qurollari yordamida amalga oshganmi? agar ushbu savolga ijobiy
javob berilsa, ana shu hodisa inson kelib chiqishidagi
birinchi sak-
rash hisoblangan bo‘lur edi.
Ikkinchi sakrash aqlli inson bosqichiga
o‘tishda yuz bergan deb qaraladi. afsuski,
bu har ikki holat ham
o‘zining aniq ilmiy yechimini hamon topganicha yo‘q.
antropogenezning mehnat nazariyasi
bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari
xx asrning
ikkinchi yarmida koinotni
o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlan-
moqda. buning qator sabablari bor, albatta. masalan,
uchuvchi
boshqaradigan fazo kemalarining yer orbitasiga chiqarilishi, quyosh
tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda
kemalar uchirilishi,
shuningdek, yerdan tashqari sivilizatsiyalar
to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular
jumlasiga kiradi.
Rus
fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis
hisoblangan akademik n.p.bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson
koinotdan yerga kelib ko‘payib ketgan.
haqiqatan ham, hozirgi
zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi
tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar
to‘plangan. masalan, inson miyasida 1014
miqdordagi neyronlar
va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat
to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. lekin yerda inson
miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha
past. binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida
koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib,
hozirgacha saqlanib qolgan.
bu nazariya doirasida shveytsariyalik
Erix Fon Denikenning
Dostları ilə paylaş: