192
bularga xomashyo manbasi, salmoqli bozor
va kapital chiqarish uchun
qulay makon sifatida qaraydilar. ularning qoloqligini tugatish global
muammo hisoblanadi. buning uchun hozirgacha va hozirda ham amal
qilayotgan xalqaro iqtisodiy tartibotni o‘rnatish zarur bo‘ladi.
yangi xalqaro iqtisodiy tartibot nafaqat rivojlanayotgan dav-
latlar uchun, balki sovetlardan keyingi hududlar davlatlari va sobiq
sotsialistik mamlakatlar uchun ham zarurdir.
Chunki ularning
o‘rtacha rivojlanganligi darajasi g‘arbning ilgarilab ketgan industrial
mamlakatlariga yetib olishini ta’minlamaydi.
hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati,
uning sofligini asrash ijtimoiy rivoj-
lanishning ichki jarayonlari tug‘dirgan
yana bir global muammo sifatida maydonga chiqmoqda. gap
shundaki, zo‘ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda
chuqur
ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. buni
to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga erishish vazifalari dunyo
miqyosida kuch-g‘ayratlarni birlashtirishni taqozo etmoqda.
ma’naviy muhitni bulg‘ashda
keyingi vaqtlarda ayniqsa
ichkilikbozlik va bangilikning o‘rni katta bo‘lmoqda. ko‘pgina
mamlakatlar bu xil moddalarni tarqatganlik uchun og‘ir jazo (masalan,
eron islom Respublikasida – o‘lim, Fransiyada –
10 yil, AQSHda –
15 yil, voyaga yetmaganlarga bangilik moddalarini sotgani uchun –
30 yildan umrbod muddatgacha qamoq jazosi) belgilanganiga qaramay,
aholining muayyan qismida bangilikka ruju qo‘yish avj olgan. shuning
uchun ham bmt darajasida tegishli tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy
illatga qarshi ommaviy kurashilmoqda. lekin bangilik moddalarini
tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan korchalonlar,
bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan yilga
oshib borayotganligiga
qaramay, barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.
«eng qadimiy kasb» vorislari ham axloq-odob muammosini
keskinlashtirishda o‘z «hissalarini» qo‘shishmoqda. Fahsh sindromi
ko‘p mamlakatlarda rivojlanib bormoqda. shimoliy yevropada behayo
filmlar, adabiyotlar chiqarishdan olinayotgan foyda o‘nlab
milliard
dollarga yetadi.
axloqiylik muammosi tarkibida va undan tashqariga chiqadigan
hollarda ham terrorchilikning o‘rni alohidadir. ijtimoiy antogonizm
shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan terrorchilikning xillari tobora
ko‘payib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: