22
1968-yilda bosilib chiqqan
«Kelajak haqida xotiralar» kitobida ilgari
surilgan qarashlar ham e’tiborga molikdir. uning ta’kidlashicha,
yerdan tashqaridagi sivilizatsiya vakillari o‘zlarining qaysidir
maqsadlari bilan sayyoramizga kelganidan so‘ng insonning gominid
ajdodlarida irsiy jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz bergan. natijada
aql va nutqqa ega yangi mavjudotlar kelib chiqqan. koinot vakillari
ma’rifiy maqsadlar bilan yana bir necha marta Yerga kelib ketgan.
bunga misol tariqasida muallif yerda (iroq va misrda) topilgan kristall
linzalarni, to‘qima materialdan tikilgan kiyim parchasini, galvanik
tamoyilda ishlaydigan elektr batareyasini va boshqa qator ashyolarni
keltiradi va «iroq va misrda ishlov berilgan kristall linzalar topildiki,
ular hozirgi vaqtda elektrokimyoviy yo‘l bilan olinadigan seziy oksidi
qo‘llangandagina tayyorlanadi» – deydi.
xeluanda mavjud bo‘lgan kiyim parchasi shunday yumshoq
va yupqaki, uni hozirgi kunda faqat maxsus fabrikalarda chuqur
texnikaviy bilimlarni qo‘llash bilangina olish mumkin.
bag‘doddagi muzeyda turgan elektr batareyalari galvanik
tamoyillarda ishlaydi. ularda yana noma’lum elektrolitli va mis
elektrolitli elektr unsurlarini ko‘rish mumkin...
Old Osiyoning qo‘histon mintaqasidagi g‘orda topilgan
qoya suratlarida yulduzlarning 10 ming yil avvalgi joylashuvi
aks ettiril gan. zuhra va yer chiziqlar bilan tutashtirilgan. bizning
madaniyatimizdan oldin juda yuqori madaniyat, texnikamizdan
oldin ham texnika mavjud bo‘lganligini tan olamizmi yoki yo‘q,
bundan qat’i nazar, aynan koinotdan safar qilib kelganlar to‘g‘risida
faraz mavjud.
inson ajdodlariga boshqa sayyoralardan kelganlarning ta’siri
to‘g‘risida turli mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda ham xilma-xil
qarashlar ilgari surildi. bir-birini takrorlamaydigan bu qarashlarga xos
umumiylik shundan iboratki, ularning hammasida yerda koinotdan
kelganlar qoldirib ketgan dalillarni topishga harakat qilishdir.
hozirgi vaqtda koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar
yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish
ehtimoli tasdiqlanmadi. bunga astronomlarning yerda hayotning
noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi
qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga
tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: