208
albatta, axborotlashgan-texnikaviy sivilizatsiyaning
qaror topi-
shi ko‘plab noma’lum jihatlarga ham ega. uni tushuntiradigan
ta’limotlarda utopiyalar hissasi kichkina emas.
Asosiy tushunchalar
•
infor
matsiologiya (lotincha – tanishtirish,
tushuntirish
va yunoncha – so‘z, ta’limot so‘zlaridan tuzilgan) tirik
hamda
notirik tabiatdagi va, umuman, olamdagi barcha
jarayonlarni axborotlar asosida umumlashtirib o‘rganuvchi fan
hisoblanadi.
•
Postindustrial sivilizatsiya – sanoatlashgan jamiyat o‘rniga
keladigan axborotli sivilizatsiya anglanadi.
•
Totalitarizm (lotincha – yaxlit, to‘liq) – o‘ziga sodiq guruhlar
yordamida uning siyosatini qo‘llab-quvvatlamaydiganlarni
bostirib turadigan hokimiyatni qo‘lida to‘plagan diktatorning
siyosiy boshqaruv sh
akli.
Savollar va topshiriqlar
1. kompyuter tafakkurida axborot qanday o‘rin tutadi?
Axborotli-texnikaviy jamiyatning asosiy tavsiflari nimadan
iborat?
2. iqtisodiy sohada yangi sivilizatsiya belgilari qanday namoyon
bo‘lmoqda?
3. ijtimoiy-siyosiy sohada kompyuter sivilizatsiyasi boshlanishi
qanday natijalarga olib keldi?
4. ijtimoiy-siyosiy sohada kompyuterlashgan
sivilizatsiya
boshlanishi qanday natijalarga olib keladi?
5. ma’naviy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar nimalardan
iborat bo‘lmoqda?
6. siyosiy sohadagi axborotlashuv inqilobi va oqibatlari haqida
fikringiz?
To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
209
Amaliy ish
1. taraqqiyot darajasiga ko‘ra hozirgi davlatlarning tavsifini
bering.
2. «markaz» davlatlari qaysi mintaqalarda joylashgan? buni
tushuntirib bering.
3. «Markazdan yarim uzoqlikdagi» davlatlar tavsifini bering.
4. «markazdan to‘la uzoqlikda» qaysi davlatlar turadi? bu
to‘g‘rida mulohaza yuriting.
5. «axborot inqilobi» asosiy belgilarini mulohaza qiling.
6. axborotlashtirish imkoniyatlarini tushuntiring va yozma ish
tayyorlang.
7. Axborotli jamiyat nazariyalari to‘g‘risida fikringizni yozma
bayon qiling.
8. siyosiy sohadagi axborotlashtirish
inson huquqlari bilan
qanday sig‘isha oladi? buni tushuntirib bering.
9. axborotlashtirish madaniyat sohasida qanday kechmoqda? bu
to‘g‘rida mulohaza yuriting.
10. axborot-texnikaviy sivilizatsiya nazariyalaridagi utopiyalarni
tavsiflang.
Dostları ilə paylaş: