Shaxs va jamiyat


ma’ruza va referatlar uchun mavzular



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. «hozirgi global muammolar» tushunchasi.
2. Global muammolar tasnifining asosiy tamoyillari.
3. inter-ijtimoiy munosabatlar tug‘dirgan global muammolar.
4. «inson – jamiyat» tizimida paydo bo‘lgan global muam-
molar.
5. «Jamiyat – tabiat» tizimi doirasida kelib chiqqan global 
muammolar.
6. global muammolar hal etilishining asosiy shart-sharoitlari.
7. axloqiy xavf – global muammo.
8. «Rim klubi» faoliyati.
9. quvvat resurslari va oziq-ovqat mablag‘lari muammosi.
10. axborotlashganlik – hozirgi davr belgisi.
11. axborotli jamiyat nazariyalari to‘g‘risida.
12. iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar ko‘lami to‘g‘risida.
iX bob. insoniyatning yangi sivilizatsiyaviy sifat holatiga...
8 – 661
www.ziyouz.com kutubxonasi


210
13. ma’naviy-madaniy sohadagi tub siljishlar to‘g‘risida.
14. siyosiy sohadagi axborotlashuv inqilobi.
15. axborot-texnikaviy sivilizatsiya nazariyalaridagi utopiya.
16. Hozirgi jahoniy tizimning umumiy tavsiflari.
17. e.vallershteynning jahon tizimi nazariyasi.
18. «uchinchi dunyo» – rivojlanayotgan davlatlar.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. i. a. karimov. «O‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: xavfsizlik-
ka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». t.: 
«O‘zbekiston», 1997.
2. «Falsafa». darslik. m. ahmedova tahriri ostida. t., 2006.
3. «Falsafa». O‘quv qo‘llanma. e. yusupov tahriri ostida, t., 
2005.
 To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi


211
 XoTimA
markazida inson turgan ijtimoiyot bilimlarining o‘rni va ahamiyati 
oshib borayotganligi hozirgi vaqtda barcha tomonidan tan olingandir. 
buning qator sabablari bor:
Birinchidan, hozirgi dunyoda ko‘p jihatlardan umumiy bo‘l gan 
sivilizatsiyaning umuminsoniy va milliy qadriyatlarni muvofiq-
lashtirish negizida yangi jahoniy tartibotning shakllanayot ganligi sodir 
bo‘lmoqda.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda zamonaviy bozor munosabatlarini, 
demokratiya va erkin huquqiy davlatni yuzaga keltirish orqali ijtimoiy 
hayotni tashkil etishning yangi modeliga o‘tilmoqda.
Uchinchidan, davlat istiqlolini g‘oyaviy va mafkuraviy mustah-
kamlash talablariga ko‘ra O‘zbekiston hayotiga aloqador ichki va 
tashqi omillarni baholash lozimligi ravshandir.
inson, uning jamiyati o‘zgarishi va rivojlanishining muhim 
jihatlari to‘g‘risidagi bilimlar bir tomondan ta’lim tizimidagi barcha 
asosiy fanlarni yakunlasa, ikkinchi tomondan voqelikning ular 
o‘rganishi doirasiga kirmaydigan sohalarini ifodalaydi. bu tomonlar 
o‘zaro nisbatida ikkinchisi belgilovchi hisoblanadi. zero, inson, uning 
mohiyati hamda u mansub bo‘lgan Olamning (sotsiumning) qay 
darajada shakllanganligining o‘rganilishi natijalari muhim ahamiyatga 
ega.
«shaxs va jamiyat (ijtimoiyot asoslari)» predmetini yoritishga 
bag‘ishlangan kitobdan qanday xulosalar chiqarish mumkin? bular 
quyidagilar:
– insonning noyob mavjudot ekanligidan uning to‘g‘risidagi 
bilimlarning doimo to‘ldirib, chuqurlashtirib borish zarurligi, inson-
shunoslikdagi ilmiy yo‘nalishlarning o‘zaro muqobilligiga alohida 
e’tibor berish, hamda noilmiy va hatto, ilmga zid bo‘lgan nuqtayi 
nazarlarning ham yashashga haqqi borligi tan olinadi;
kishilar, insoniyat olami – sotsium ijtimoiy jihatdan o‘zaro 
bog‘liqligi tufayligina mavjud bo‘ladi, degan qoidadan kelib chiqib 
jamiyatning birlamchiligi, belgilovchiligi to‘g‘risida gapirish, uni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


212
tamoyil darajasiga ko‘tarish bir tomonlamalik bo‘lur edi. binobarin, 
jamiyat – bu Olamning alohida sohasi, deyish shartli. unga 
jamiyatning, sotsiumning yaxlit ifodasi tarzida qarash maqsadga 
muvofiqdir;
– insoniyat jamiyatini ijtimoiy-madaniy sifatlarda olib qarashdan 
unga sivilizatsiyaviy yondashish lozimligi kelib chiqadi. bunga ko‘ra, 
jamiyat rivojlanishi to‘g‘ri chiziqli tarzda yuz beradi, deyish bir 
yoqlama fikr va shu jihatdan marksistik ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
to‘g‘risidagi qarashlar o‘z qiymatini yo‘qotdi;
 tarixiy jarayon – bu sivilizatsiyalarning kelib chiqishi, mavjud 
bo‘lishi va rivojlanishidan hamda umrini yashab, so‘ng sahnadan 
ketishidan iboratki, bundan insoniyat yashash makonining istagan 
joyida taraqqiyot boshlanishini istisno etib bo‘lmaydi. albatta, bu 
jarayon birdan, kutilmagan tarzda yuz bermay, balki tegishli obyektiv 
va subyektiv shart-sharoitlar natijasi o‘laroq amalga oshadi;
– sivilizatsiyaviy yondashish tamoyili mantiqiy ravishda sivi-
lizatsiyalarning, dastavval, Sharq va G‘arb tiplarini, so‘ngra bular-
ning har biridagi kichik tiplarini farqlashni taqozo etadi. binobarin, 
sharq sivilizatsiyasi tarkibida hind, xitoy, turkiy, arab musulmon 
va boshqa sivilizatsiya kichik tiplari mavjudligidan ko‘z yumib 
bo‘lmaydi;
– o‘zining sivilizatsiyaviy tavsifiga ko‘ra Turon – Movarounnahr– 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin