213
yaratuvchilik faoliyatlari bilan bu yerda renessansning ikkinchi
bosqichini ta’minladilar. lekin dashti qipchoqdan temuriylar sulolasi
o‘rniga kelgan ko‘chmanchilar hozirgi O‘zbekiston hududini ma’lum
yillarda bir davlat ostiga birlashtirgan bo‘lsa-da, sivilizatorlik rolini
bajara olmadilar. keyinroq bu hududda uchta mustaqil xonlik qaror
topdi, ijtimoiy turg‘unlik uzoq davom etdi;
–
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlaka
qilinishi mavjud ijtimoiy turg‘unlikni chuqurlashtirdi, barqarorlashtirdi.
Olib borilgan muayyan ishlar (masalan, temiryo‘llar qurilishi)
metropoliya maqsadiga eng ko‘p darajada mos kelgan. Rossiyadagi
inqilobiy o‘zgarishlar ham turkiston ahvolini yaxshi tomonga
o‘zgartirmadi. sovet hokimiyatining zo‘ravonlik bilan o‘rnatilishi esa
chinakamiga kataklizmni eslatadi. O‘zbekiston bolsheviklar boshlagan
eksperimentdan dahshatli zarar ko‘rdi;
–
jahoniy jarayonlarning sivilizatsiyaviy talqini shuni ko‘rsata-
diki, avvalboshdan turli sivilizatsiyalar beshigi bo‘lgan sharqda
hayot o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan sug‘orma dehqonchilikka,
chorvachilikka asoslanganidan kishilar
turmushida axloq-odobning
o‘ziga xos qoidalari hamda urf-odatlari va an’analarining barqarorligi
qayd etiladi. shunga ko‘ra, kishilar taqdirida, avvalo, tabiat, sotsium
jihatidan esa davlat belgilovchi rol o‘ynagan;
–
Sharq buddaviylik, nasroniy va islom kabi jahoniy dinlar vatani
ekanligidan bu xil sivilizatsiyalar harakatlantiruvchi kuchlari ham
tegishli tarzda ayni shu e’tiqod shakllari bo‘lgan. bu yerda islomiy
bag‘rikenglik, halollik, tijoratga asoslangan diniy iqtisodiyot yangi
sivilizatsiya asosi bo‘lgan. islomda tasavvuf alohida hodisa hisoblanib,
unda targ‘ib qilingan antropotsentrizm, aql bilan qanoatlanmay ruhni
chiniqtirish orqali poklik va kamolotga erishish g‘oyalari hozirgi davr
sharoitlarida ham katta ahamiyatga molikdir;
–
G‘arb sivilizatsiyasi jarayonlari kechishidagi antik, nasroniylik
o‘rta asrlari va renessans davrlari qanchalik o‘z zaminlariga
tayanganliklari bilan tavsiflanmasin, yunon-rim bosqichidan boshlab
Sharq sivilizatsiyalari ta’sirida bo‘lgan. xususan, islomiy sivilizatsiya
yevropa o‘rta asrlarida kechgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarga
sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
–
reformatsiya va ma’rifatparvarlik davrlarida shakllangan
www.ziyouz.com kutubxonasi
214
sivilizatsiya maqomatiga ko‘ra jahoniy miqyosda bo‘ldi. Fan-texnika
o‘zgarishlari asosida sanoat inqilobi shaklida namoyon bo‘lgan bu
sivilizatsiya, ayni vaqtda, mustamlakachilikni berdi, o‘zining shimoliy
amerika variantida qulchilik
mehnatidan keng foydalandi;
–
hozirgi jahoniy sivilizatsiya g‘arb-industrial tipining asosiy
tavsiflari tahlili ko‘rsatadiki, uning ratsional-texnikaviy asoslarida
ma’naviyat yetarli darajada o‘z ifodasini topmagan. bu ma’noda
sharqona sivilizatsiyalar ajralib turadi;
–
O‘zbekiston davlatining jahoniy maqomini belgilashda hamisha
uning sharqqa mansubligidan va markaziy
Osiyoda sivilizatorlik
rolini o‘ynaganligidan kelib chiqmoq kerak. ayni vaqtda, hozirgi
g‘arb sivilizatsiyasi ratsionalizmi yutuqlarini (sanoatlashganlik,
kompyuterlashganlik, siyosiy demokratiya, inson hayotining oliy
qadriyatligi va hokazolarni) ijodiy o‘zlashtirishga erishish zarurligi
ham ravshandir;
–
global muammolar asosiy jihatlari (ekologiya, yadro quroliga
ega bo‘lgan davlatlar
bilan mintaqaviy yaqinlik, «uchinchi dunyo»ga
mansublikni ifodalaydigan ijtimoiy muammolar va hokazolar) bilan
O‘zbekistonni o‘z girdobiga tortdiki, ularni bartaraf etishda mamlakat
Jahon hamjamiyati bilan doimiy va samarali hamkorlik qilmog‘i o‘z-
o‘zidan ma’lum.
–
shakllanib kelayotgan axborot-texnikaviy jamiyatda inso-
niyatning umumsayyoraviy taqdirini ifodalash imkoniyatlari oshib
borishini bashorat qilish mumkin. bu jarayon ikki tomonlama – salbiy
va ijobiy kechayotgan globalizatsiyadan iboratdir. bunda salbiy
jihatlarning o‘rnini mumkin qadar qisqartirish, ijobiy,
bashariyat
istiqboliga daxldor jihatlarni ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanadi.
yuqoridagilardan kelib chiqib: mazkur «shaxs va jamiyat» fanini
o‘rganish natijasida o‘quvchi, ya’ni, shaxsda atrofidagi ijtimoiy
jarayonlar va kishilarning o‘zaro munosabatlariga mustaqil va ongli
yondashish ko‘nikmasi va malakasi hosil bo‘ladi. bu ko‘nikma va
malakalar har bir shaxsning o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘llashga xizmat
qiladi. pirovard natijada inson va jamiyatning yashashi, rivojlanishi
bir-biriga bog‘liqligi tushuniladi.
Xotima
www.ziyouz.com kutubxonasi