216
T u z u v ch i l a r:
ismoil Saifnazarov, falsafa fanlari doktori, professor
Shodmonqul Azizov, falsafa
fanlari nomzodi, professor
Berdiqul To‘ychiyev, falsafa fanlari doktori, professor
T a q r i z ch i l a r:
mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
huzuridagi Oliy pedagogika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
mudiri, iqtisodyot fanlari doktori, professor
nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika univer siteti,
falsafa
kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor
toshkent davlat huquqshunoslik instituti professori, falsafa
fanlari doktori
o‘quv dasturi
nuriddin
Aliqoriyev
Karima
Tulenova
Anvar
qodirov
www.ziyouz.com kutubxonasi
217
uqTiRiSh XATi
«shaxs va jamiyat» dasturi ilgari akademik litseylar, kasb-
hunar kollejlari va o‘rta umumta’lim maktablarining 11-sinflari
uchun tobora takomillashtirilib, o‘n martaga yaqin nashr qilingan
edi. uning asosida yozilib, chop etilgan «ijtimoiyot asoslari (shaxs
va jamiyat)» o‘quv qo‘llanmasi qayta ishlanib, «shaxs va jamiyat»
darsligi sifatida ketma-ket ikki marta nashr etildi. dasturning ushbu
nashri o‘tgan 10 yil davomida «shaxs va jamiyat» predmetini o‘qitish
tajribasi umumlashtirilib va tegishli fanlar
sohalarida erishilgan
yutuqlarini hamda taniqli ijtimoiyotshunos olimlarning matbuotdagi
ijobiy taqrizlarida bildirilgan istaklarini hisobga olgan holda tubdan
yangilandi.
«shaxs va jamiyat» o‘quv predmeti integrativ kurs bo‘lib,
uning mazmunini bayon qilishda asosiy jihatlariga ko‘ra hozirgi
umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar sohasida qabul
qilingan sivilizatsiyaviy yondashishga tayaniladi. tegishli tarzda
dasturda xalqlar tarixiy tajribasidan o‘tib, barcha tomonidan e’tirof
etilgan axloqiy-qadriyatiy mo‘ljallar asoslanadi. bu tajribadan kelib
chiqilib dasturda ilmiy bilishda kishilik hayoti hodisalariga tor sinfiy-
mafkuraviy dogmalar va streotiplar, konyukturaviy sharhlar kabi
obyektivlikka zid keladigan pozitsiya rad etiladi.
dasturda hozirgi zamon bilimlari pozitsiyasida turib,
inson va
uning jamiyatini o‘rganishda umuminsoniy jihatlarning ustuvorligi
hisobga olingan. shuningdek, inson oliy qadriyat ekanligi, uning
erkinligi va erkin fuqarolik jamiyati davlati asosiy tayanchlarining
mustahkamligiga, qonunchilik va mas’uliyatga asoslanishning lozim-
ligi ta’kidlanadi. dastur mazmunining zarur minimumi quyidagi
tarkibiy bloklardan iborat:
1. inson, uning antroposotsiogenetik tadriji.
shaxs maqomi,
hayoti, o‘lim va undan keyingi mangulik masalalari.
2. sosiumning tashkiliy shakli sifatida jamiyatning nazariy
modeli, hayotining asosiy sohalari. ijtimoiy jarayonlar va ularning
yo‘nalganligi muammolari. Jamiyatning funksional holati.
3. ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida sivilizatsiyaning sharq va
g‘arb tiplari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
218
turon–movarounnahr–turkiston, – O‘zbekistonning tarixiy-sivi-
liza tsiyaviy tavsifi.
4. hozirgi dunyo, undagi globallashuv jarayonlari. global
muammolarning mohiyati va bartaraf etilishining shart-sharoitlari
hamda hozirgi jahoniy miqyosda
umuminsoniy sivilizatsiya
shakllanishi masalalari.
Real o‘quv jarayonida mavzularning ketma-ket, izchil o‘rganib
borilishi mualliflik dasturlarida predmet o‘qitilishining tanlangan
konsepsiyasiga muvofiq ham belgilanishi mumkin. Kurs mazmuni-
ning o‘zlashtirilishi qator jihatlariga ko‘ra tarix, geografiya,
atropologiya sohalari bilimlarining, sivilizatsiyalarga oid mavzular
esa davlat va huquq asoslari hamda boshqa predmetlarning tegishli
qismlariga tayangan holda amalga oshirilishi mumkin.
dasturda o‘quv predmetining maqsadlari va vazifalari belgilanib
hamda ta’lim va tarbiyaning birligi doirasidagi umumiy yo‘nalishi
ko‘rsatib berildi:
Birinchidan, ijtimoiy bilishga bo‘lgan qiziqishga asoslangan
holda
shaxs axloqiy madaniyatining, uning hozirgi tafakkur tarzi
va ijtimoiy xatti-harakatining shakllanishi, o‘zining taqdirini o‘zi
belgilashi va o‘zini o‘zi namoyon etishini shakllantirish.
Ikkinchidan, inson, uning shaxs sifatida shakllanishi, jamiyat,
ijtimoiy madaniy supertizim sifatida sivilizatsiya va uning tarixi
to‘g‘risida umumgumanitar va oliy maktab tizimidagi ijti moiy-
iqtisodiy fanlarning bundan keyingi o‘qitilishi, mustaqil ta’lim olish
yoki istiqboldagi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimlar tizimini
o‘rganish.
Uchinchidan, turli millat va elatlarning yonma-yon yashashi, turli
konfessiyalarning mavjudligi sharoiti umumo‘zbekiston g‘oyasiga,
milliy g‘oyaga sodiqlikni,
tolerantlik, insonparvarlik ideallariga,
O‘zbekiston Respublikasidagi konstitutsiyaviy, demografiya qadriyat-
larini hurmat qilishni tarbiyalash;
To‘rtinchidan, inson va jamiyat hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni
to‘plash, tizimlashtirish va tanqidiy mulohaza qilish malakalarini
egallash;
Beshinchidan, shakllanayotgan fuqarolik jamiyati va huquqiy
davlat hayotida hamda millatlararo munosabatlar va oilaviy turmush
sohasida zarur bo‘lgan kommunikativ amaliy faoliyat usullarini
o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: