24
nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. bu nazariya ba’zi primat-
larning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini,
dastlabki odamning ilk tosh qurollardan
qadimiyroq ekanini va
hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda
tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani
tasdiqlovchi misollar
hozircha yetarli emas. shunday qilib,
antropogenez muammolari
bugunga qadar o‘z yechimlarini kutmoqda.
Asosiy tushunchalar
•
Antropogenez (yunoncha, insonning kelib chiqishi) –
inson
zoti kelib chiqishi jarayoni, shart-sharoitlari
va mexanizmini
anglatadigan tushuncha.
•
din – insonning xudoga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan
dunyoqarashi, dunyosezishi va xatti-harakatlari tizimi bo‘lib,
o‘z ichiga ijtimoiy me’yorlar, rollar, odatlar, e’tiqodlar,
standartlar, tashkiliy shakllarni oladi. hozirgi vaqtda monistik
nasroniy, islom va budda jahoniy dinlar hisoblanadi. bundan
tashqari, uning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolgan shakllari ham
uchraydi.
•
injil (yunoncha: xushxabar, ezgu xabar) – iudaviy va nasroniy
dinlarning muqaddas kitobi.
•
mehnat – insonning maqsadga muvofiq faoliyati.
•
mif (yunoncha:
hikoya qilish, arabchada: asotir – ertak) –
kishilar qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos namoyon
bo‘lish shakli bo‘lib, o‘zida uning unsurlarini (masalan,
g‘ayritabiiylikni) jam etgan.
•
muhit – inson o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiki shart-
sharoitlar yig‘indisi.
•
Tadrijiylik – keng ma’noda Olam va uning turli sohalaridagi
o‘zgarishlar kechishi to‘g‘risidagi falsafiy va ilmiy nazariya, tor
ma’noda esa sekin-asta bo‘ladigan o‘zgarishlar tavsifi.
Dostları ilə paylaş: