25
3. antropogenezning diniy talqini qanday asoslarga tayanadi?
4. Jahoniy dinlarda inson kelib chiqishi talqinining umumiy va
xususiy jihatlarini tushuntirib bering.
5. antropogenezning tadrijiylik nazariyasiga olimlardan kimlar
hissa qo‘shganlar?
6. darvin ta’limotining nuqsonlari nimada?
7. Mehnat, Koinot to‘g‘risidagi nazariyalar haqida fikringiz?
8. anomallik antropogenezda mustaqil hodisami yoki qo‘-
shimcha omil?
4-§. Antropogenezning noan’anaviy
ilmiy nazariyalari
antropogenez yuz berishining sabablari xususida keyingi 30
yilcha vaqt mobaynida maydonga kelgan, noan’anaviy bo‘lgan qator
qarashlarni ham nazardan qochirib bo‘lmaydi.
amerikalik olimlar
K. Pribram va
D. Bom tomonidan asoslangan quvvat-
axborot maydoni to‘g‘risidagi farazga
ko‘ra, sayyoramizda ulkan ma’lumot yig‘ilgan. bu axborot yashab
o‘tgan barcha jonivorlarning, shuningdek, odamlarning ham univer-
sal koinotiy gologrammasidan iborat. Buning fizikaviy asosi
bo‘lib yaqinda kashf qilingan mikrolepton zarrachalar va ulardan
tashkil topgan tuzilmalar hisoblanadi. unga ko‘ra, quvvat-axborot
maydonining har bir nuqtasi boshqa cheksiz nuqtalardagi ma’lumot-
larni o‘zida jam etadi. bunday axborot almashuv guruhlanishi inson –
yer – koinot tizimida o‘zaro bog‘liqlikda kechishini ko‘rsatmoqda.
albatta, quvvat-axborot maydonining biosfera sohasini yo‘naltirib
turishi va uning inson kelib chiqishiga ta’siri o‘zining to‘liq ilmiy
asoslanishini kutmoqda.
Tadrijiylik nazariyasi mualliflaridan bo‘l -
gan
Gekkel, Geksli va
Foxt o‘z qa rash -
larini ishlab chiqayotganlarida «yetish-
mayotgan bo‘g‘in»ni ham ko‘rsatib o‘tgan edilar. Jumladan, ularning
e’tiboridan hozircha inson bilan uning ajdodlarining morfologik mos
kelmaydigan jihatlari chetda qolmagan. biroq oradan 150 yilcha o‘tsa
ham, bu masala javobini kutib yotibdi. uni hal etishga urinishlardan
Dostları ilə paylaş: