27
nomlangan yangi yo‘nalish tashkil etgan bu o‘zgarishlar markazida
voqelikning turli sohalari tizimlaridagi tashkillanish jarayonlari
asosida yotgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni bilish turadi.
O‘z-o‘zidan tashkillanish shunday jarayonki, unda tashqi kuchlar va
sabablar ishtirokisiz murakkab o‘zgaruvchi tizimning qaror topishi
yuz beradi yoki takomillashadi. sinergetika asoschilaridan bo‘lgan
belgiyalik olim
I. Prigojinning ta’kidlashicha, ayni shu tarzda,
jumladan, yerda ham hayot, uning turli-tuman shakllari rivojlanadi,
yangi tizimlar paydo bo‘ladi. sotsium jarayonlar ham sinergetika
doirasida tushuntirilishi hozir ko‘pchilik tomonidan tan olingan.
sinergetikada insonning kelib chiqish muammosi yechimiga
yangicha, ya’ni, noan’anaviy yondashiladi. bunga ko‘ra, har qanday
o‘z-o‘zidan tashkillanish jarayoni tabiatda mavjud imkoniyatni
ro‘yobga chiqarishga qodirdir. primatlardan insonga o‘tish,
ya’ni, hayotning sifat jihatdan yangi tarzi shakllanishi sinergetik
tushuntirilganda, birinchi navbatda, jarayon yuz berishining ko‘p-
dan ko‘p variantlari nazarda tutiladi. negaki,
alohida holatlar
(bifurkatsiya nuqtalari) atrofida tizim jarayonlari beqaror tus olgani
tufayli eng kichik
ta sodifiy ta’sirlar (fluktatsiya) ham uning holatini
o‘zgartirib yuboradi. masalan, tog‘lardagi o‘q ovozi yoki yumalatilgan
tosh bo‘lagi katta falokatga – qor ko‘chishi, toshlar ko‘chishi va
hokazolarga sabab bo‘ladi.
bifurkatsiya nuqtalari tadrijiylik jarayonining yangi tartibga
o‘tadigan chegarasini ifodalaydi. boshqacha aytganda, insonning
shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan bifurkatsiya nuqtalari
jarayonining yangi trayektoriyasini belgilaydi. demak, tadrijiylikdagi
sekin-astalik, ko‘nikib borish bifurkatsiya tufayli qayta kechadigan
holatlar bilan to‘ldiriladi.
inson ajdodlari ham mansub bo‘lgan primatlardan avstralipiteklar
(qoldiqlari avstraliyada topilganidan shunday ataladi) muzliklar
davri boshlanishi bilan maydoni qisqarib boradigan o‘rmonlardan
yalangliklarga chiqishga majbur bo‘lgan. ular qirilib ketmaslik uchun
yangi ekologik muhitni o‘zlashtiribgina qolmay, balki tashqi ta’sir
ostida an’anaviy o‘simlik mahsulotlari bilan birga oqsilga boy go‘sht
iste’mol qilish tajribasini ham olib o‘tganlar. bu, o‘z navbatida, kuchli
bo‘lishni, orqa oyoqqa tayanib tik yurishni ta’minlagan.
sinergetika nuqtayi nazariga ko‘ra, inson shakllanishining ilk
davrlari bemisl darajada tezlashganligi bilan xarakterlanadi. e’tiborga
Dostları ilə paylaş: