32
Savollar va topshiriqlar
1. sotsiogenez antropogenezsiz kechadimi?
2. insonning kelib chiqishida sotsiogenez belgilovchi bo‘la
oladimi?
3. inson kelib chiqishini tushuntiradigan yana qaysi ta’limotlarda
qurollardan foydalanish, ularni yasash jarayonlari markaziy
o‘ringa qo‘yiladi?
4. hozirgi inson ajdodlari miyasining tegishli qismlarida
qurol yasash ko‘nikmalari bo‘lganligini qaysi fan tarmog‘i
tushuntiradi?
5. mehnat qurollarining murakkablashib
borishi qanday
natijalarga olib keldi?
6-§. Ruhiyat
Ruhiyatda faqat ichki,
fiziologik ja-
rayon lar emas,
balki tashqi obyektlar
ham ifodalanadi. bu jihatlar bilan ru-
hiyat yuksak
rivojlangan hayvon va
insonda umumiylikka ega. lekin insondagi ruhiyat boshlang‘ich
ko‘rinishlaridayoq,
dastavval, anglanganlik tabiatiga ega.
Ikkinchidan,
qurolsozlik faoliyati bilan jamoaviy taqozolangan, deb hisoblanadi.
Uchinchidan, insondagi ruhiyat birgalikdagi faoliyatda erishiladigan
tajribaga tayanadi.
To‘rtinchidan, inson ruhiyati rivojlangan his-tuyg‘u
ularni o‘z ichiga oladi.
sotsiogenez omili sifatida ruhiyatning ilk o‘rni inson ajdodlari-
dan boshlangan mizoj va
fe’l-atvor qay tarzda ularning birgalikdagi
yashashiga olib kelganligi bilan belgilanadi.
Neyrofiziologiya ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiyat inson miyasining
ham yaxlit, ham konkret bo‘lgan turlari faoliyatining natijasidir.
masalan, miyaning chap yarim shari so‘zlar, belgilar bilan, o‘ng yarim
shari esa obrazlar, turli ko‘rinishlar bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi.
Ayni vaqtda, neyrofiziologik va ruhiy jarayonlarning o‘zaro muvofiq
kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham neyrofiziologiya jarayonlari
bo‘yicha hatto yetuk mutaxassislar ham o‘zining ruhiyati jarayonlarini
tanlashga qodir emas. gap shundaki, ruhiyat ideal tabiatga ega bo‘lib,
unda voqelik belgilardagi ma’no tarzida o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: