34
sotsiogenez omili sifatida til ibtidoiy
kishilarni birlashtirib,
axborotlarni berish va olish imkoniyatini ta’minlagan. hayot
faoliyatining murakkablashuvi bilan axborotlarga bo‘lgan
ehtiyoj
tilning rivojlanishini taqozo etgan. til tabiiy tovushlar yig‘indisidan
hosil bo‘lgan. O‘zaro aloqa ehtiyoji bu primitiv,
ammo muhim
vositani takomillashtirishni taqozo qiladi. natijada ovoz va tovushlar
ko‘rinishida
keltirilib, ulardan so‘zlar yasash mumkin bo‘ladi.
tilda, uning keyingi rivojlanishi davomida
ifodalanish orqali ta’sir
etish va mansublikni aniqlash vazifalari farqlanadi.
inson ajdodlaridagi til asta-sekin
narsalar va jarayonlar mohiyatiga
kirib borish vositasiga aylandi. unda muhim bog‘lanishlar va
munosabatlar qayd etila borgan. inson tashqi muhitga hayvonlarga
qaraganda yaxshiroq moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ayni
vaqtda, olingan bilimlar tufayli inson tashqi voqelikni o‘ziga
moslashtirishga muayyan darajada erishib boradi.
barcha hayvonlar hayotida bo‘lganidek,
gominidlar faoliyatida ham tadri jiy likning
umumiy turi sifatida ruhiyat bilan bog‘liq
bo‘lgan tanlov mavjuddir. biroq sotsiogenezda uning o‘rni ibtidoiy
jamoa kishilari to‘dasida boshqa hayvonlardagi
eng kuchlisining
yashab qolishi bo‘lmay, balki birgalikdagi faoliyatini lozim darajada
tashkil etgan individ tanlanadi. Chunki gominidlar jamoasi qanday
tashkil etilganiga bog‘liq holdagina ularning keyingi hayoti davom
etadi. aks holda ichki yoki tashqi ta’sirlar ostida ular qirilib ketgan
bo‘lar edi.
tanlov ba’zan shunday yuz berishi mumkinki, bunda individlar
o‘zlari uchun emas, balki mansub bo‘lgan guruhi uchun zarur xatti-
harakati orqali tanlanadi va shuning natijasida yashab ham qoladi.
bunda gominidlar jamoasining aniq tashkillashganligi yashash uchun
kurashda hal qiluvchi vosita hisoblanadi.
kishilar ajdodlarining areali kengayib borishi
bilan ularning xilma-
xil sharoitlarga,
birinchi navbatda, har doim ham qulay bo‘lmagan
tabiiy sharoitlarga duch kelishi o‘z-o‘zidan ravshan. primatlarning
sharoitlarga ko‘nikishi natijasida ular turlarining
ayrimlari ichida
farqlanish yuz bergan. bu jarayonda ham tanlov namoyon bo‘lib,
ularning yangi xususiyatlari mustahkamlanib borgan.
Dostları ilə paylaş: