38
bular va boshqa ko‘pgina jarayonlar natijasi o‘laroq turli ijtimoiy
me’yorlar qaror topishiga sharoit tug‘ildi,
til va tafakkur rivojlana
boshladi. sotsiumning shakllanishi bilan inson areali, ya’ni, odamning
yer yuzining turli qismlariga tarqalishi yuz berdi. boshqa o‘rinlarda
bo‘lganidek, bu borada ham javoblarni afsonaviy-diniy va ilmiy
ko‘rinishlarda olish lozim bo‘ladi.
ilmiy nuqtayi nazarlarning biriga ko‘ra,
inson yer sharining faqat bir qismida
(Ch. darvin, v.p.alekseyev
va bosh-
qalarning qarashlari) –
Afrikada, l.valua –
Mesopotamiyada kelib
chiqib, keyinroq dunyoning boshqa qismlarini o‘ziga areal tutgan.
bu nazariya insonning avstraliya qit’asiga qanday kelib qolganligini
va irqlar masalasini tushuntirib berolmaydi.
1938-yili v.vaydenrayx insonning to‘rt joyda –
Afrikada,
Osiyoning janubi sharqida, Osiyoning sharqida va
Yevropada
kelib chiqqanligi to‘g‘risida o‘zining qarashlarini bayon qilgan edi.
i.g.podoplichko inson uch joyda –
Afrikaning markazi va shimoli,
Yevropaning markazi va janubi, Osiyoning markazi va janubida,
m.F.nestrux – ikki joyda –
Afrikaning shimoli, Osiyoning janubi
sharqida kelib chiqqanligi to‘grisidagi nazariyani ilgari suradi.
insonning ilk vatani to‘g‘risidagi masala garchi bir qator
jihatlari bilan hal etilgan bo‘lsa-da, hali-hamon fanda aniq xulosalar
chiqarilmagan.
inson qadimgi ilk ajdodining yer yuzining faqat bir qismida
yoki bir necha joyida kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalarga
qo‘shimcha ravishda uning o‘ziga oykumen – yashash joyi tanlashi,
boshqacha aytganda, sayyoraning quruqlik qismida joylashganligi va
tarqalganligi masalalarini ham aniqlash lozim bo‘ladi.
kishilar sonining ko‘payishi bilan
manzilgohlar yaqinidagi
ovlanadigan mavjudotlarning kamayishi obyektiv ravishda yangi
hududlarni o‘zlashtirishga olib keldi. Ovchilar asta-sekin shimoliy
yevropa
va Osiyoning sahro yerlariga, muzliklardan bo‘shagan
quruqlikka borib joylasha boshlaganlar. so‘nggi paleolit davrida
sibir va markaziy germaniya o‘zlashtirildi. Osiyo qit’asidan bering
bo‘g‘ozi orqali bundan
20 ming yil avval odamlar shimoliy amerikaga
o‘tganlar. keyinroq avstraliyaga ham kelib joylashgan.
insoniyat taraqqiyoti boshqa qator sohalarda bo‘lganidek,
quruqlikni
tobora egallab, o‘zlashtirib borishda ham ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: