K i R i Sh
xxi asrning birinchi o‘n yilligi ham ortda qolmoqda. Jahon
miqyosida kechayotgan jarayonlar ko‘lami va chuqurligi, birinchi
navbatda, fan, texnika va texnologiya sohalarida yuz berayotgan
inqilobiy o‘zgarishlar sur’ati nafaqat miqdoriy – matematik aniqlikda
baholanishni, balki, eng muhimi, insoniy mezonlarda qarab chiqishni
dolzarb qilib qo‘ymoqda. zero, bu sohalarning misli ko‘rilmagan
jarayonlari sayyoramizni beqaror qilib insoniyat kelajagi nuqtayi
nazaridan ekspertiza qilishni to‘gridan to‘g‘ri taqozo etmoqda.
O‘zbekiston davlati bolsheviklarning inson tabiati bilan hisob-
lashmay barchani baxtli qilish da’vosi bilan o‘tkazgan va g‘oyat
katta qurbonliklarga sabab bo‘lgan ijtimoiy eksperimentidan qutulib,
mustaqillik yillarida turmushning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni
amalga oshirdi.
endigi vazifa – yuksak ma’naviyat, huquqiy davlat va iqti-
so diyotda erkin bozor munosabatlarini qaror toptirish, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarni muvofiqlashtirish orqali jahon
hamjamiyatining ko‘p jihatlardan mushtarak, ilg‘or sivilizatsiyaviy
yangi tartibotiga qo‘shilib ketishni ta’minlashdir.
bularni zarur nazariy bilim mezonlarida o‘zlashtirish va ta’lim
sohasida kechayotgan yangilanishlarda keng aks ettirish muhimligi
ayon.
ma’lumki, insonga tug‘ilganidan berilgan, uni o‘rab turgan
olamni o‘zlashtirishning biologik imkoniyatlari barkamol shaxs
bo‘lib yetishishi uchun poydevor hisoblanadi. ayni vaqtda, shaxsning
shakllanishida ta’lim, ayniqsa, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy
bilimlarni o‘zlashitrish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. xx asrning
oxirgi o‘n yilliklarida bu sohalar fanlari o‘zining ahamiyatiga ko‘ra
markaziy o‘ringa chiqib boshqa sohalar bilimlariga ijroiya vazifalarini
topshira boshlagan edi. hozir esa bu jarayon tobora kengayib va
chuqurlashib bormoqda. zero, bu sohadagi bilim va tajriba tufayli
inson nafaqat o‘tmish avlodlar qoldirgan qadriyatlarni o‘zlashtiradi,
saqlab qoladi, balki yangi ma’naviy boyliklar ham yaratadi.
yuqoridagilar ta’lim tizimida «shaxs va jamiyat» o‘quv pred-
meti doirasida umumiy tarzda o‘z ifodasini topadi. predmetning
mazmuni, inson, uning shaxsiyati, kishilik dunyosi, jamiyat va
Kirish
www.ziyouz.com kutubxonasi
7
uning sivilizatsiyaviy tarzlari hamda hozirgi dunyo muammolari
eng asosiy jihatlarini bevosita o‘z ichiga oladi. ayni vaqtda, inson,
uning jamiyatini o‘rganishda antropologiya, madaniyatshunoslik,
sotsiologiya, ba’zi o‘rinlarda siyosatshunoslik, davlat va huquq
asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, dinshunoslik va umumiy tarixga
tegishli bilimlarga ham tayaniladi. shunga ko‘ra, «shaxs va
jamiyat» predmetini o‘rganish orqali ko‘pgina fanlar bo‘yicha
muayyan tasavvurlar hosil etiladi. bu endi oily ta’lim tizimida ushbu
mutaxassislik yo‘nalishlariga muayyan kasbiy qiziqishni uyg‘otishi
lozim. bu sohalarga doir to‘laqonli bilimlar oliy ta’lim tizimida shu
nomlardagi majburiy umumta’lim o‘quv fanlarida va ixtisoslashtirilgan
bo‘limlarda o‘rgatiladi.
bulardan ko‘rinadiki, «shaxs va jamiyat» predmetining o‘qitili-
shiga jiddiy munosabat talab etiladi. darslik bunda asosiy tayanch
manba hisoblanadi. talabalar predmetni o‘zlashtirganligi natijasida,
birinchidan, ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktlarni qiyosiy farqlash va
bularga oid bilimlarni «shaxs va jamiyat» predmeti tushunchalarida
ifodalay olishi, ikkinchidan, o‘rganilayotgan obyektlarni shaxslararo,
shaxs va jamiyat, jamiyat va tabiat, har xil kichik tizimlar o‘rtasidagi
aloqalarda ko‘rsata bilishi va tushuntira olishi, uchinchidan, shaxs,
ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, xalqaro subyektlarning xatti-harakat-
larini axloqiy me’yorlar, siyosiy demokratiya va ilmiy ratsionallik
nuqtayi nazaridan baholay olishi, to‘rtinchidan, referat, og‘zaki
chiqishlar, ijtimoiy muammolar bo‘yicha ijodiy ishlar, taqrizlar va
hokazolar tayyorlay olishi, beshinchidan, turli maslak va qadriyatlar
tashuvchilari bilan muloqot qila bilish va hokazolarni uddalay olishi
lozim.
Aziz o‘quvchilar, muallif mazkur kitob haqidagi tanqidiy fikrlarni
hisobga olishga tayyorligini bildirgan holda o‘rganayotgan bilimla-
ringizni o‘zlashtirishda muvaffaqiyatlar tilaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|