43
asoslar bor. Chunki antroposotsiogenez tufayligina insondagi tabiiy-
biologiyaviylik sotsiumga mansublik bilan shakllanib boradi.
Asosiy tushunchalar
•
Gen
–
mada
niy koevolyutsiya – insonda organik (gen) va
madaniy tadrijiylikning uzviyligi.
•
Ruhiy tahlil – inson ruhiy dunyosini tushuntiradigan ta’limot
bo‘lib, z.Freyd va uning izdoshlari amaliy faoliyati va asarlarida
turli maktablarni birlashtirgan oqim sifatida shakllangan.
•
Sotsiobiologiya – uning asoschisi E.O.Uilson fikricha, hayvon
va insondagi xatti-harakatning barcha shakllari biologiyaviy
asoslarini o‘rganish sohasi.
•
Biologiyaviylik – har bir insonning genetik kodi, vazni, bo‘yi,
mijozi, sochi va terisining rangi, umrining uzunligi va hokazo
xususiyatlarining yig‘indisi. bularning
ahamiyatini haddan
tashqari bo‘rttirish – biologiyazatorlik.
•
irqchilik – irqiy belgilariga ko‘ra kishilarning yetuk emasligini
targ‘ib qilish. Odatda yevropoid irqining ustunligi g‘oyasi ilgari
suriladi.
•
Sotsial-darvinizm – Ch. darvinning tabiiy tanlanish va
tadrijiylik nazariyasini mutlaqlashtirib, bu pozitsiyadan nafaqat
inson
kelib chiqishini va mohiyatini, balki pirovard natijada
sotsium munosabatlarini ham tushuntirishga urinish.
•
Filogenez – (yunonchada: urug‘, qabilaning kelib chiqishi) –
organizmning tarixan rivojlanishi.
•
ontogenez – (yunonchada: narsalarning
kelib chiqishini
bildiradi) – organizmning individual rivojlani
shi.
Savollar va topshiriqlar
1. sotsiobiologiyaning sotsial-darvinizmdan farqi nimada?
2. z.Freyd ta’limotidagi ratsional (oqilona) jihatlar nimada?
3. antroposotsiogenezning biologik jihati nega belgilovchi bo‘la
olmaydi?
4. sotsial-darvinizm va irqchilik qarashlarining ilmiy noto‘g‘-
riligi amaliy-siyosiy zarar ham keltiradimi?
5. Biologiyaviylik bilan sotsio-madaniylik inson filogenezi va
ontogenezida bir xil amal qiladimi?
Dostları ilə paylaş: