52
ijtimoiylashuv umumiy ma’noda
insonning bio va ruhiy
ehtiyojlariga maqsadga muvofiq, oqilona ta’sir o‘tkazishdir. Buning
oqibatida inson shaxsi qaror topishining ikkinchi tomoni – uning
subyektiv «MEN»i ham shakllanadi. shaxsning «men»i ota-onalari,
qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar, mahalla-ko‘y
va boshqalardan
o‘zlashtiradigan sifatlardir. bu sifatlar aniq olingan joyi va vaqtiga
ko‘ra ijobiy yoki salbiy shaxsiy xususiyatlarda shakllanishi mum-
kin. ijobiy holatda shaxsda o‘zi to‘g‘risida odillik, epchillik,
qobiliyatlilik, uddaburonlik kabi tasavvurlar tug‘ilsa, salbiy holatda
uning layoqatsizligi, noshudligi, zaifligi
kabi xususiyatlari qaror
topishi mumkin. albatta, bu xususiyatlar inson subyektining o‘z
«MEN»i to‘g‘risidagi fikrlaridir. Ularning voqelikka muvofiq kelishi,
ya’ni, haqiqiymi yoki yo‘qligi masalasini ham nazardan qochirmaslik
lozim.
subyektiv «men» yuzaga kelishi bilan nisbiy mustaqillik tarzini
oladi va shaxs sifatida o‘zini ko‘rsata boshlaydi. shu bilan birga,
shaxs «men»i doirasida uning ikkinchi jihati –
boshqalarning bu
«men»ga bo‘lgan munosabatiga javoblari masalasi ham ko‘zga
tashlanadi. «men»ning bu jihati
o‘zga «MEN» bo‘lib, unda aniq
olingan
shaxsning xatti-harakatlari, fikr-o‘yi, siyosiy mavqeyi,
turmush tamoyillari va hokazolar to‘g‘risida jamoatchilik fikrlarini
hisobga olish yoki olmaslik bilan bog‘liq holatlar ifodalanadi.
O‘zga «men» quyidagi holatlardan tashkil topadi. bular –
boshqalarning aynan shu shaxs to‘g‘risidagi
qarashlari asosidagi
fikrlar; ayni shu shaxsning xatti-harakati va faoliyatini boshqalar
tomonidan baholash bilan bog‘liq omillar; boshqalarning qarashlari
va bergan baholariga javoban qoniqish, g‘urur, o‘ziga ishonchining
kuchayishi, o‘zini bekam-u ko‘st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish,
ehtiyotkorlikka moyillik kabi holatlardir. shaxsning
obyektiv «MEN»i
bilan uning to‘g‘risidagi «o‘zga men» bir-birini to‘ldirgandagina
insonning ijtimoiy tabiati haqidagi fikrlar ham to‘laroq bo‘ladi.
«men» inson shaxsning ichki muayyanligini ifodalaydi va
mohiyatan uning belgilovchisidir. unda shaxsning o‘z-o‘zini anglashi,
fe’l-atvori va irodasining manbasi jamlangandir. shaxs «men»i
insonning u yoki bu yo‘nalishdagi faoliyati bilan bog‘lanib, o‘zining
turli-tuman qirralarini namoyon qiladi.
ular eng umumiy tarzda
quyidagilardir.
Dostları ilə paylaş: