B i R i n Ch i B o‘l i m inSon vA uninG ShAXS TAvSiFi i B o B. AnTRoPoSoTSioGEnEz 1-§. inson – jonli mavjudotning alohida tipi insoniyat tarixida kishilar eng ko‘p
o‘yla gan va o‘rganishga ehtiyoj sezgan
muammolardan biri – insonning tabiati
masalasidir. u aqlini tanibdiki, o‘zining kelib chiqishi, mohiyati va
tutgan o‘rnini hamda aqli doirasida bajaradigan vazifalarini har doim
diqqat markaziga qo‘yib keladi. qadimda sharqda ham, g‘arbda ham
insonga nisbatan koinotning buyuk mo‘jizasi, noyob hodisasi sifatida
qarashgan. bundan 2,5 ming yilcha avval yunonistonda dramaturg
sofoklning sahnaga qo‘yilgan «Antigona» fojiasida «Mo‘jizalar ichida eng ajoyibi – insondir» degan fikr yangragan. O‘sha davr mutafakkiri
empedokl «inson har doim inson uchun qiziq hodisadir», desa,
boshqa yunon donishmandining fikricha: «Inson o‘zini o‘zi yaratgan. Shunga ko‘ra, u barcha narsalarning o‘lchovidir». shuningdek,
insonni barcha mavjudotlarning eng baxtsizi, uning kelajagi yo‘q, deb
hisoblovchilar ham bo‘lgan.
inson va uning tabiati necha ming yillardan beri maxsus
o‘rganilishiga, tadqiqotlar turli tomonlardan olib borilgani, ularning
har biri o‘zining tahliliga va xulosasiga egaligi, juda ko‘plab
nazariyalar ilgari surilgani holda hozirgacha aniq va tushunarli javob
yo‘q. qiyinchilik shundaki, kishilar g‘oyat darajada turlicha va
takrorlanmasdir. ichki dunyosi to‘g‘risida gapirmaganda ham ular
nafaqat tashqi ko‘rinishlari, balki xatti-harakatlari bilan ham bir-biriga
o‘xshamagan va, ayni paytda, juda murakkabdirlar ham.
yer yuzida yashayotgan olti milliarddan ortiq odamdan ikkita bir-
biriga aynan o‘xshashi topilmaydi. agar tadqiqotchi inson tabiatini u
mansub bo‘lgan madaniy olam bilan taqozo etilganini hisobga olib
ish ko‘rsa, murakkablik ko‘lami qanchalar katta bo‘lishi oydinlashadi.
Shunga qaramay, insoniyat oldida o‘z-o‘zini bilish vazifasi o‘tkir