54
qila olmaydi. boshqacha qilib aytganda, shaxsning o‘z-o‘zidan
begonalashuvi jarayoni boshlanadi. huquqshunoslikda mulkning
egasidan boshqa birovga o‘tishi begonalashuv hisoblanadi. shaxsdagi
begonalashuv esa uning o‘z shaxsiy qadriyatlaridan sharoit va muhit
taqozosi bilan ayrilishini bildiradi.
shaxsdagi ikkiga bo‘linganlik muayyan sivilizatsiya chegarasida
namoyon bo‘lib, sotsium a’zolarining o‘z faoliyati natijasidan bexabar
bo‘lib, begonalashib qolishiga olib keladi. bu, o‘z navbatida, shaxs
erkinligi holatlariga ta’sir etmasdan qolmaydi.
xo‘sh, shaxs erkinligini cheklaydigan begonalashuv nimalardan
iborat? dastavval, bu hodisa shaxsni ojiz etib qo‘yishida, uning
taqdirini begona kuchlar belgilayotganligida, so‘ngra shaxs hayotining
ma’nosizligi, u yoki bu xatti-harakati doimo nooqilona natijalarga
olib kelishi to‘g‘risidagi tasavvurlarda, yana shaxsni o‘rab turgan
voqelikdagi oqilona aloqalarning barbod bo‘lganligini idrok qilishda
ko‘rinadi. shaxs «men»i o‘zligini yo‘qota boshlaydi.
g‘arbning ko‘pgina mutafakkirlari begonalashuv hodisasini
hozirgi sanoatlashgan sotsiumning o‘tmishdagi an’anaviy jamiyatlarga
qarama-qarshi ekanligidan va buning natijasida individlarning ilgari
amalda bo‘lgan birdamliklarining barham topishi, shaxsiyatparastlik
ko‘lamining oshib ketishi, boshqaruvda to‘rachilikning kengayib
ketishi, texnikaning inson ustidan hukmronlik qilishi va hokazo
jihatlariga e’tiborni qaratadilar.
kishilarning ongli mavjudotligi va sotsiumda ham ruhiyatning
o‘rni katta ekanligiga asoslanib begonalashuvni oqilona bartaraf
etishning ko‘plab nazariyalari yaratilgan. afsuski, hozirgacha katta
da’volar bilan maydonga chiqqan ko‘plab ijtimoiy qarashlar o‘ziga
bildirilgan ishonchni oqlamadi.
xo‘sh, bundan begonalashuv shaxs peshonasiga yozilgan azaliy
holat ekan-da, degan ma’no kelib chiqadimi? albatta, yo‘q.
hozirgi vaqtda insoniyat yagona kelajak, yagona taqdir masa-
lalarida, aytish mumkinki, bir to‘xtamga kelmoqda. yer yuzidagi
davlatlarning kuch-g‘ayratlarini birlashtirib jahon yagona hamjamiyati
sari yo‘l tutish doirasida har bir mamlakatda huquqiy davlat qurish
va uni demokratik boshqarish inson shaxsi erkinligini ta’minlashi
mumkin, deyishga asos bor.
Dostları ilə paylaş: