56
olam rivojlanishining zaruriy jihatlari bilan bog‘lash ko‘zga
tashlanadi. darhaqiqat, zaruriyatning o‘zi nima? zaruriyat deganda
uni taqdir taqozosi (diniy qarashlar), voqelik rivojlanishining pirovard
natijada qonuniy,
zaruriy holda yuz berib, o‘ziga yo‘l topib olishi
(materialistik, deterministik qarashlar), ma’naviy rivojlanish ifodasi,
(turli ruhshunoslik va subyektiv yo‘nalishdagi qarashlar) kabi tarzlarda
talqin etiladi. bu qarashlarda, albatta, muammoning muayyan
jihatlari
o‘z ifodasini topgan. lekin shuni alohida aytish kerakki,
masala
antinomiya (qonundagi ziddiyatlilik) ko‘rinishida qo‘yilmasligi
lozim. balki masala erkinlik va zaruriyat birligida, ular nisbatining
eng umumiy jihatlarini aniqlash tarzida olinishi mumkin. bu esa aniq
tarixiy yondashuvni taqozo etadi.
kishilar kundalik hayotlarida turlicha ko‘rinishlardagi zaruriyatga
duch kelib turadi. ular o‘z faoliyatlarining obyektiv sharoitlarini
tanlab olishda o‘z bilganlaricha ish ko‘ra olmaydilar.
balki ayni
shu sharoitlar talablaridan kelib chiqib harakat qiladilar. shu bilan
birga, zaruriyat qonunlarining amal qilishi
avtomatik tarzda har
bir aniq olingan hodisada ro‘y bermay, balki xiyla katta hodisalar
doirasida, ularning o‘zgarishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi.
kishilar zaruriyat ketidan shunchaki ergashib yurmaydilar, zaruriyat
qonunlari talablariga yo
turli darajada moslashadilar, yo imkoni
bo‘lgan hollarning barchasida bu talablarga qarshi turadilar. ana shu
o‘rinda kishilar erkinligining ifodalanishi uchun dastlabki sharoitlar
yaratiladi. natijada har bir kishi u yoki bu qarorni qabul qilishi, o‘z
harakatlarini amalga oshirishi mumkin. bunda,
birinchidan, insonning
erkinligi
nafaqat tashqi omillar bilan, balki uning ichki intilishlari,
qadriyatlar tizimi va mo‘ljallari bilan ham bog‘liq.
Ikkinchidan, shaxs
o‘ziga ko‘rsatilayotgan har qanday ta’sirga fikran turlicha javob bera
oladi. shunga ko‘ra, bitta sabab bilan qator oqibatlarni yuzaga keltirsa
bo‘ladi.
Shaxsning
maqsadga muvofiq faoliyati
jarayonida uning erkinligi turli bos-
qichlarni –
erkinlikni subyektiv anglab
olishdan tortib, to uni obyektiv amalga oshirishgacha bo‘lgan
bosqichlarni bosib o‘tadi. Chunonchi, shaxs o‘z
faoliyati natijasini
oldindan belgilab olish imkoniyatiga ham ega. Chunki har qanday
aniq vaziyatda ham bir nechta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. aks
Dostları ilə paylaş: