58
erkinligining hissiy-buyumlashgan tarzda namoyon bo‘lishidir. bunda
oxir-oqibatda shaxs bilan sotsium manfaatlarining uyg‘unligi masalasi
alohida ahamiyatga ega.
shaxs va u mansub bo‘lgan tuzilma –
jamiyat manfaatlari
muammosi, shaxs erkinligi masalasi borasida bir-birini istisno
qiladigan ikki xil qarashlar mavjud.
ulardan birida inson shaxsi
manfaatlarini rivojlanishning belgilovchi omili hisoblanib, mut-
laqlashtiriladi. ikkinchisi esa, aksincha, insonga shunchaki bir unsur
sifatida qarab, uning manfaatini ijtimoiy manfaatlar oldida ahamiyatsiz
qilib qo‘yadi. tashqaridan qaraganda bu nuqtayi nazarlar bir-biriga
qarama-qarshi turadi. amalda esa
ularning har ikkalasida ham
manfaatlar nisbati to‘g‘risida gap boradi.
shaxs mohiyatining ko‘pgina muhim
qirralari, uning tabiatidagi qator jihatlari,
imkoniyati, bajarishi lozim bo‘lgan va-
zi falari va hokazolar qadimgi davrlardan
boshlab insoniyatning
butun tarixi davomida kishilar hayoti jamiyat tarzida qanday tashkil
qilinganiga, siyosiy hokimiyatning o‘rniga hamda amaldagi huquqiy
tizimlar qay tarzda mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. boshqacha qilib
aytganda, shaxs jamiyatning demokratiyaviylik darajasiga bog‘liq
holda shakllanadi.
demokratiyaning ilk ko‘rinishlari
sivilizatsiya tongidayoq
qa ror topgan bo‘lib, insoniyatning buyuk qadriyati hisoblanadi.
biroq insoniyat rivojlanishining butun bosqichlarida demokratiya
yo sahnadan
ancha vaqtda tushib ketib, yo qisqa vaqtda tiklanib,
mutafakkirlarning o‘y-fikrlari
markazida inson bilan inson, inson
bilan jamiyat uyg‘unligini ta’minlaydigan ijtimoiy muhit shakllarini
topishga urinish yotadi. sharq uyg‘onish davrida Forobiy va boshqalar
antik davrning demokratiyaga doir
qarashlarini rivojlantirib, ancha
ilgarilab ketgan edilar. movarounnahrda jamiyatni, kishilar hayotini
tashkil etish va boshqarishning o‘z davri uchun tipik jihatlari dastlab
xorazmshohlar, keyinroq amir temur davrida rivoj topdi. bularda
(masalan, «temur tuzuklari»da) jamiyat va shaxsning siyosiy huquqiy
maqomlari aks etgan edi.
shaxs erkinliklari, uning davlat oldidagi
burch va majburiyatlari demokratiyaviy
konstitutsiyalarda qonunlashtirilgan
Dostları ilə paylaş: