59
bo‘ ladi. unda, birinchi navbatda, xalqning xohish-irodasi erkin
ifodalanishi, shu xalqning hokimiyat manbasi ekanligi o‘z
aksini
topadi. shuning uchun ham xalq davlat uchun emas, davlat xalq uchun
xizmat qilishi lozim.
konstitutsiyada shaxsning vijdon erkinligi, so‘z erkinligi,
mulkiy
daxlsizligi va hokazo huquqlari aks etgan bo‘lib, ularda inson
borlig‘ining asosiy shartlari qamrab olinadi. davlat iqtisodiyot,
siyosat va ma’naviyat sohalarida o‘z manfaatlari talablariga ko‘ra
qanday qonun-qoidani ishlab
chiqib kuchga kiritmasin, bu mamlakat
asosiy qonuniga, shaxsning unda belgilab qo‘yilgan maqomiga zid
kelmasligi kerak. har qanday demokratik davlatda shaxs maqomi
faollikni nazarda tutadi. O‘zining faolligi tufayli shaxs mavjud
siyosiy institutlar yordamida jamiyatga muntazam ta’sir ko‘rsata
oladi. bunda taqiqlanmagan barcha harakatlarga yo‘l qo‘yiladi.
shaxsning jamiyatga ko‘rsatadigan ta’siri parlament demokratiyasi
yo‘li bilan olib borilganda maqsadga muvofiqdir. Bular quyidagilarda
ko‘rinadi:
Birinchisi – shaxsning «to‘g‘ridan to‘g‘ri» demokratiyaviy
institutlar faoliyatidagi ishtirokidir. davlat hokimiyati o‘tkazadigan
yalpi saylovlarda ovoz berishi va hokazolar shaxs fikr-o‘yining
barometri hisoblanadi. Ko‘pchilikning fikri davlat miqyosida qabul
qilinadigan qarorga asos bo‘ladi. Lekin
bundan ozchilikning fikri
noto‘g‘ri, degan ma’no kelib chiqmasligi lozim. O‘zining shaxsiy
nuqtayi nazariga ega bo‘lish insonning ajralmas huquqidir. buni
ta’minlash natijasidagina shaxsning ehtirosi junbushga kelgan
olomonning to‘la ta’sirida bo‘lishdan saqlanish va demokratiyaning
oxlokratiya ko‘rinishiga o‘tishining oldini olish mumkin.
Ikkinchisi – inson shaxsining xalqaro
bayonotlar himoyasida
bo‘lgan va mamlakat asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yilgan
hech kim tomonidan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan asosiy
huquqlaridir.
Uchinchisi – shaxsning o‘z huquqi ma’lum qismini o‘zi saylagan
vakiliga, masalan, xalq deputatiga berish bilan «to‘g‘ridan to‘g‘ri»
demokratiya usullarini muayyan nisbatda olinishidir. bunda ular bir-
birini muayyan darajada cheklaydilar ham. shundagina shaxsning
siyosiy maqomini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
shaxs maqomi muayyan demokratiya
madaniyati doirasida
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
ta’minlanadi. bunda xalq vakillarining ham saylovchi shaxslardan
begonalashib, ajralib qolmaslik choralarini nazarda tutish lozim.
masalan, yalpi saylovlarda buning oldini olish uchun ularni o‘tkazish
tartibi shunday belgilanishi kerakki,
natijada shaxsning ichki
mustaqilligi, uning individualligi namoyon bo‘lsin. shuningdek,
saylovchilar topshirig‘i, deputatlarning ularga hisob berib turishi,
ularning chaqirib olish huquqi va hokazolar vositasida hokimiyatning
manbayi bo‘lgan
xalqning, binobarin, har bir shaxsning manfaati
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: