14-§. o‘lim va undan keyingi mangulik muammolari inson nima uchun yashaydi? bu savol-
ga kundalik ong darajasidan boshlab
tafakkurning eng yuqori bosqichlarigacha
bo‘lgan imkoniyatlar doirasida bir xil javob berib bo‘lmaydi.
haqiqatan ham hozirgacha mavjud bo‘lgan barcha ilmiy yo‘nalish lar
va maktablar bu savolni chetlab o‘tmagan bo‘lsa ham, ko‘pchilikni
qoniqtiradigan darajada yaxlit javob topa olmaganlar. umuman
olganda, bu savolga uzil-kesil javob berish ham qiyin. lekin bundan
yuqoridagi savol bema’nidir, degan mulohazaga bormaslik lozim.
alohida insonga nisbatan uning hayoti, maqsadi ma’lum ma’noga ega.
ya’ni, hayotning ma’nosi insonning har tomonlama barkamollikka erishishidan iborat. bu esa alohida inson hayotini keng qamrovda
olib, undagi haqiqiy va soxta jihatlarni va, nihoyat, to‘laqonli hayot
qaysi vositalar yordamida amalga oshishini qarab chiqishni shart qilib
qo‘ydi.
har qanday jonli mavjudot singari inson hayotining ham nihoyasi
borligi, boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, u o‘zining oxir-
oqibatda o‘limga mahkumligini anglashi masalalari, aytish mumkinki,
mumtoz masalalardandir. Bu – tasodifiy hol emas. Inson hayoti va
o‘limi masalalari asotirlar va dinlarda ham alohida o‘rinni egallagan.
kishilarda dastlab o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usi kuchli bo‘lgan. keyinroq
asotiriy, diniy tasavvurlar vositasida bu jarayon «majburiy» ekanligi
isbotlandi. asotirlarda hayvonlar ham, kishilar ham o‘ladigan tana va
o‘lmas ruhga ega deb ko‘rsatilgan. Ruh nozik, nomoddiy tabiatga ega
bo‘lib, o‘zida inson vujudi timsolini gavdalantirgan. u yo‘qolmaydi,
o‘lmaydi va o‘z makonida yashaydi hamda o‘z joyini almashtirib
turadi. ba’zi diniy ta’limotlarda tana o‘lgach, ruh bir jonzotdan
ikkinchisiga o‘tib turishi ko‘rsatilgan.
turli g‘oyaviy yo‘nalishlar va maktablar hayot va o‘lim
masalalarini turlicha tushuntiradi. ayrim buyuk faylasuflar bu
masalaga mantiq, mazmun kiritishda shaxsiy hayot taqdirini hal qilish
orqali ham erishganlar. masalan, Suqrotning o‘z o‘limiga roziligi
haqidagi qarori uning hayoti uchungina emas, balki undan keyingi
falsafiy muammolar hal etilishi uchun ham muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan. Aflotun suqrotning ushbu qarorida faylasuf uchun o‘z