9
muammo bo‘lib turibdi. Zero, u insonning xatti-harakati, nazoratsiz
faoliyati natijasida paydo bo‘lgan muammolar – Yer yuzida yalpi
tinchlikni saqlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, yadro
sanoati chiqindilarini xavfsizlantirish, sayyora iqlimining yalpi isib
ketishining oldini olish, terrorchilikka, narkomaniya va narkobiznesga
qarshi samarali kurashish, irqiy kamsitishlarga barham berish,
demografik muammolar va qashshoqlikni bartaraf etish kabi bir qator
masalalarni hal etishni talab etmoqda.
bundan tashqari, insonning murakkab tabiati sayyora miqyosida
noyobligi bilan ham alohida ajralib turadi
1
.
hozirga qadar inson haqida ruhshu-
noslik, etnografiya, fiziologiya, tib biyot-
shunoslik va h.k. to‘plangan bilimlarni
eng umumiy tarzda quyida gicha ifoda lash
mumkin:
Birinchidan, inson tabiiy-biologik jihatdan yetuklik cho‘qqisida
turganligi bilan hayvonlardan farqli o‘laroq tana tuzilishiga ko‘ra,
jumladan, odatdan tashqari qayishqoqligi bilan ajralib turadi va
barcha asosiy darajalariga ko‘ra o‘ziga xoslikka ega; anatomik
tuzilishiga ko‘ra tik yurishga moslashgan, bosh suyagi qobig‘ining,
miya yarimsharlarining o‘lchami, qo‘llari va oyoqlarining o‘ziga
xos tuzilishi bilan farqlanadi. biologik mavjudot sifatida baquvvat
hayvonlarga qiyoslaganda, kuchsiz va nozikligiga qaramay, yer
yuzida eng katta qudratga ega bo‘lgan mavjudotdir. unda to‘rt
oyoqli mavjudotlarda bo‘lmagan sifat – tananing barcha a’zolari
ijodiy murakkab mehnat jarayonlarini bajarishga moslashgan. bular
quyidagilarda ko‘rinadi: qo‘llar va ulardagi barmoqlarning turli
yumushlarni bajara olishi; ko‘z a’zolarining uch o‘lchovda ko‘ra olishi
bilan makonda mo‘ljalni to‘g‘ri olishi va hokazo.
1
albatta, har qanday jonivor ham o‘zining noyobligi, betakrorligi bilan
ajralib turadi. ulardan ayrimlarining xatti-harakati, tabiatini fan hozirgacha
tushuntirib berganicha yo‘q. masalan, oqcharloq qushining inkubatsiya davridagi
holati, shimpanze maymunlarining karnaval uyushtirishlari, fillarning o‘z
turi murdalarini ko‘mishga bo‘lgan urinishlari, kit baliqlarining halok bo‘lish
maqsadida o‘zlarini quruqlikka otishlari, lemminglarning shu maqsadda o‘zlarini
suvga tashlashlari sabablari va hokazolar o‘zining ilmiy yechimini topgan
emas.
Dostları ilə paylaş: