67
to‘g‘risidagi masala kelib chiqadi. boshqacha aytganda, bu ma’noli
yashalgan umrning o‘limdan keyingi davomi, ya’ni, yuksak ideallar
bilan yashagan inson vafotidan keyin boshlangan hayoti manguligi
masalasidir.
Mangulik – insonning o‘z ijodiy, yaratuvchilik faoliyati
bilan hayotda abadiy iz qoldirishidir. inson o‘zidan dunyoda qoldirgan
yaxshi nom – uning ikkinchi va davomdor umridir. shu sababli ham,
insoniyat uchun xayrli, ezgu ishlar qilib, yaxshi nom qoldirgan kishilar
abadiy hurmat bilan tilga olinadi.
Asosiy tushunchalar
•
ha
yotning ma’nosi – ertami-kechmi har bir inson oldida
ko‘ndalang bo‘lib turadigan masala bo‘lib, uning bir xil yechimi
yo‘qdir. inson o‘zining erkinligi
doirasida qanday yashash
kerakligini o‘zi hal qiladi.
•
o‘lim – inson biologik hayotining yakunlovchi moment yoki
uning jismi faoliyatining yakuni, har qanday sotsiomadaniy
tizim dunyoqarashining muhim unsuri.
•
mangulik – inson hayotligida ijobiy ma’noda
erishgan
muvaffaqiyatlari
ning ezgulik tarzida avlodlar xotirasida
saqlanishi.
Savollar va topshiriqlar
1.
O‘lim hodisasiga din va fan munosabati qanday?
2. F.nitsshening «insonning o‘limi uning hayotidan ko‘ra
ahamiyatliroqdir» degan fikrini qanday izohlaysiz?
3. inson o‘limi va manguligi nisbati qanday?
4. «O‘lim
»ni madaniyat darajasiga
kiritilishi haqida fik-
ringiz.
Amaliy ish
1. in
sonning shaxs maqomini aniqlashda «individ» va «indi-
viduallik» tushunchalarining o‘rni qanday?
2. insonning shaxs maqomi uning biologiyaviy mohiyati bilan
qanday munosabatda? buni tushuntirib bering.
3. ijtimoiylashuv inson shaxsi shakllanishining yagona sharti
hisoblanadimi? bu xususda o‘z mulohazalaringizni ayting.
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
4. erkinlik hodisasi inson zotidan
boshqa mavjudotlarga ham
taalluqlimi? O‘z fikrlaringizni yozma bayon qiling.
5. tutqunlikda ham inson shaxs sifatida shakllanadimi? buni
qullar qo‘zg‘aloni sardori spartak misolida izohlang.
6. shaxs erkinligi bilan u mansub millatning erkinligi o‘za ro
bog‘liqmi? O‘zbek davlatchiligi tiklanishi misolida tushun-
tiring.
7. begonalashuv inson hayotida xususiy holmi yoki obyektiv
hodisami? buni o‘zingizga tanish bo‘lgan
taniqli shaxslar
misolida tushuntirib bering.
8. shaxs va demokratiya nisbatida ulardan birini avval, boshqa-
sini keyin kelib chiqqan deb hisoblasa bo‘ladimi? tarixiy
bilimlaringizga tayanib javob bering.
9. buyuk shaxs butun hayoti davomida buyukmi yoki bir-ikkita
voqea ishtirokchisi bo‘lish uni mashhur qiladimi? O‘zingizga
ma’lum siymolar misolida izohlang.
10. vatanimiz va, umuman, O‘rta Osiyo hamda qozog‘iston
mintaqasida buyuk amir temurga teng ulug‘
siymolar
bo‘lganmi? bu xususda yakunlangan ming yillikda mintaqada
yashab o‘tgan kishilar misolida mulohaza yuriting.
11. prezident islom karimov buyukligining siri nimada? bu
to‘g‘risida yozma ish tayyorlang.
12. inson stixiyali tarzda yashab hayotini ma’noli qilishi
mumkinmi? bilganlaringiz asosida yozma javob tayyorlang.
13. inson o‘limini ham ma’noli qilish mumkinmi? buni mulohaza
qilib ko‘ring.
14. evtanaziya haqida nimalarni bilasiz? bilganlaringizni
mulohaza qiling.
Dostları ilə paylaş: