70
i K K i n C h i B o‘ l i m
JAmiYAT – SoTSiumninG TAShKiliY ShAKli
iii B o B. SoTSium dunYoSi
15-§. «Sotsium» tushunchasi. Jamoa va jamiyat
«sotsium» atamasidagi lotincha «sotsio»
fe’li qo‘shish, birlashtirish,
birgalikda
mehnat qilmoqni anglatadi. tushuncha
sifatida «sotsium», universumning –
yaxlit olamning tarkibiy qismi bo‘lgan
kishilik dunyosi alohida
jihatlarini ifodalaydi. unda tabiatga, tabiiylikka muqobil bo‘lgan
ijtimoiy-madaniy borliq aks etadi.
«Jamoa» va «jamiyat» atamalari anglatgan ma’nolariga ko‘ra
yaqindir. har ikki so‘z
arabcha «jam‘a»dan yasalgan bo‘lib,
kishilarning turli darajada va maqomda olingan umumiyligini
anglatadi. agar
«jamiyat» deyilganda keng ma’noda
oldingi
paragraflarda ko‘rsatib o‘tilganidek, kishilarning birgalikdagi
manfaatlari va kelishuvi asosida maqsadga muvofiq oqilona tashkil
etilgan birgalikdagi faoliyati ifodasi tushunilsa, «jamoa» tushunchasida
umumiy
kelib chiqish, til, taqdir va qarashlar bilan bog‘liqlik o‘z
aksini topadi. Oila, xalq va hokazolar ayni shunday jamoalardir. har
qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. lekin istalgan jamiyat
jamoa hisoblanadi. ayniqsa, jamiyat murakkab jamoa bo‘lib o‘z-
o‘zidan tashkillanganlik va rivojlanish xususiyatlariga egadir. bunday
murakkab hodisani yaxlit holda na kuzatib va na tajribada tekshirib
bo‘ladi. uni faqat nazariy jihatdangina andaza, nusxa tarzida tasavvur
etib, asosiy jihatlarini aniqlash mumkin.
«Jamiyat»
deyilganda, odatda hammaga tushunarli bo‘lgan
atama va, hatto, tushuncha tasavvur etiladi. g‘ayritabiiylik shundaki,
ko‘pincha bu xildagi tushunchani ta’riflash, uning salmog‘ini aniqlash
juda qiyin.
masalaga tarixiy yondashilganda ko‘rinadiki, «jamiyat» tushun-
chasi alohida holda xix asrdan beri qo‘llaniladi. unga qadar
Dostları ilə paylaş: