73
•
Jamiyatning asosi – bu tushunchada ijtimoiy voqelikni
muayyan tushunishga bog‘liq
ravishda iqtisodiyot, ma’naviyat
yoki turli xil omillar asosida izohlash yotadi.
•
Jamiyatning o‘z-o‘zicha yetarliligi – jamiyatning mavjudligini
va o‘z-o‘zidan rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarning
yetarliligini ifodalaydi.
Savollar va topshiriqlar
1. «Jamiyat» tushunchasiga doir qarashlarda qaysi jihatlar
o‘zgarishsiz qoladi?
2. «Jamoa» va «jamiyat» tushunchalari qanday nisbatda?
3. tilshunoslik nuqtayi nazaridan «sotsium» (ot) va «jamiyat»
(ot) hamda «sotsial» (sifat) va «ijtimoiy» (sifat) istilohlarining
ma’nolarini mulohaza qilib ko‘ring.
16-§. Jamiyatning nazariy modeli
bunday murakkab hodisani yaxlit holda
na kuzatib va na tajribada tekshirib
bo‘ladi. uni
faqat nazariy jihatdangina
andoza, nusxa tarzida tasavvur etib,
asosiy jihatlarini aniqlash
mumkin. nazariy model insoniyat voqeligi barcha jihatlarini o‘zida
mujassam eta olmasada jamiyatning mohiyati, mazmuni va rivojlanish
sharoitlari hamda masalalariga mumkin qadar to‘laroq javob topishda
katta imkoniyat yaratadi. Jamiyatni nazariy modellashtirish yordamida
mavhumlikdan konkretlikka, aniqlikka borishi ta’minlanadi. ya’ni,
bunda model aniq bilimlar, masalan, kishilik tarixi rivojlanishining
o‘tmishiga tatbiqan antik davr jamiyati, undan keyingi asrlar jamiyati
va hokazo bosqichlarni farqlashga imkon beradi.
tasavvur etilgan nazariy modeldan aniqlikka borilgan sari tobora
mazmunan to‘lalikka erishiladi. Chunki obyektning yuksak rivojlangan
tarzi modellashtirilgani tufayli aniqlikka erishilganda, uning xususiy
jihatlari o‘zining
rang-barangligini, jamiyat esa murakkab tarkibini
namoyon etadi.
nazariy model tufayli nafaqat
mavhumlikdan jamiyat aniq
jihatlarini bilishga o‘tiladi, balki aniq jihatlarni umumlashtirish orqali
yana mavhumlikka qarab boriladi. natijada jamiyatni tashkil etgan
Dostları ilə paylaş: