10
Ikkinchidan, inson ijtimoiy tabiatiga ko‘ra
mehnat qurollari
yasaydi, olovdan foydalanadi. Tilga ega bo‘lib, o‘z fikr-o‘ylari va
g‘oyalarini ifodalay oladi; o‘ziga ma’lum bo‘lgan va bo‘lmagan
narsalarni yarata oladi, ishlab chiqara oladi, unga hech narsa yot emas:
nozik did egasi, saxiy va xudbin, yumshoq va qat’iyatli, mehrli va
g‘azabli.
Uchinchidan, inson o‘zining ruhiy-ma’naviy mavjudot maqomiga
binoan yuksak intellekt, xotiraga, tengsiz hissiyotga egaligi, o‘ylash,
rad qilish, hisob-kitob qilish, rejalashtirish, xayol surish va hokazo
imkoniyatlari bilan mo‘jizalidir. Faqat u o‘zining o‘limini oldindan
ko‘ra oladi. voqelikka eng yuksak darajada mehr qo‘ya bilishi,
aldashi, va’da berishi, hayratlanishi, qayg‘urishi, nafratlanishi, kinoya
qilishi, rollarni bajarishi mumkin va h.k. bularni mulohaza qilish o‘z
navbatida inson bilishining falsafa, fan va din kabi sohalaridagi jiddiy
muammolardandir.
Asosiy tushunchalar
•
inson – sayyoradagi jonli tabiatning eng yuksak bosqichini
ifodalab, jamoaviy va anglangan hayot tarziga ega mavjudot.
•
inson tabiati – odamzod
mavjudligining biologik, ruhiy,
ijtimoiy va hozirgi vaqtda koinotiy jihatlar yig‘indisi sifatida
qaralishi.
•
donishmand – inson va uning olamga munosabatini mulohaza
qilish hamda boshqalarga tushuntirish salohiyatiga ega
mutafakkir.
Savollar va topshiriqlar
1. Inson fenomenining ko‘p tavsifliligi ijobiy hodisami yoki
salbiy hodisami?
2. insonni hayvondan farqlaydigan
eng umumiy jihatlar
nimalarda ko‘rinadi?
3. Ijtimoiy-ruhiy jihatdan inson qanday tavsiflanadi?
4. «mo‘jizalar ichida eng ajoyibi insondir» iborasini siz qanday
tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: