79
Asosiy tushunchalar
•
Axborot – ma’naviyatning asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib
moddiy tashuvchi
inson miyasida joylashgan, uni his qilib
bo‘lmaydi, balki mantiq yordamida bilish mumkin.
•
ma’naviy madaniyat – kishilarning ma’naviy hayoti
sohasi bo‘lib, ular faoliyatida
amalga oshadigan kuchi va
qobiliyatidir.
•
ziyolilar – aholining asosan ma’naviy faoliyat bilan kasbiy
shug‘ullanuvchi (hozirgi vaqtda) qismi.
•
Ta’lim – ma’naviyat tashkil etuvchilari ichida keng qamrovli
ijtimoiy institut.
Savollar va topshiriqlar
1. ma’naviyat jamiyat sohalari tizimida qanday o‘rin tutadi?
2. ma’naviyatning bosh tashkil etuvchisini mulohaza qiling.
3. aholining ziyolilar qatlami paydo bo‘lmasdan avval ham
ma’naviyat bo‘lganmi?
4. ma’naviyat tarkibida ta’limning o‘rni qanday?
5. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimini mulohaza qilib
ko‘ring.
18-§. iqtisodiyot sohasi
keng ma’noda kishilarning o‘z moddiy
sharoitlarini
yaratish, ishlab chiqarish
bilan bog‘liq
barcha faoliyat turlari
yig‘indisiga iqtisodiyot deyiladi. ana shu faoliyat turlari insonning
boshqa jonzotlardan farqini ko‘rsatadi. inson tabiatdan oladiganlari
bilan cheklana olmaydi. unda ilgari bo‘lmagan mahsulotni inson
ehtiyojiga moslab yaratish lozim bo‘ladi. inson tabiatga ta’sir etish
uchun tana
kuchlarini harakatga keltirib, o‘z hayotining doimiy va
zaruriy asosi hamda sharti bo‘lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni
amalga oshiradi. bunda bir tomondan inson bilan tabiat o‘rtasida yuz
beradigan
modda va quvvat almashuvining, inson mehnatining ilk
mahsuli, ikkinchi tomondan esa inson mehnatining dastlabki vositasi
bo‘lgan ish qurolidan ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: