82
hududiy umumiylikning barqaror ijtimoiylik kasb etishi
kishilarning muayyan ma’muriy hududlardagi
hayot tarziga aloqador
bo‘lib, tegishli ravishda, masalan, bizning mamlakatimizga tatbiqan
ovul, qishloq va shaharlardagi mulkchilik, hokimiyatni tashkil etish
shakllari, xilma-xil infratuzilmalar faoliyati bilan bog‘liqdir.
Demografiyaviy omil ijtimoiy sohaga tug‘ilish, o‘lim, jinslar
nisbati, jins va yosh tarkibini o‘rganish, aholi ko‘payishi darajalarini
hisobga olish bilan,
shuningdek, bu tarmoqqa doir boshqaruv
institutlari faoliyatlari orqali tegishli bo‘ladi.
ishtimoiy soha tarkibiga kirgan etnik shakllarning o‘zi xiyla katta
mazmunni tashkil etadi. ulardan urug‘ dastlabki ijtimoiy umumiylik
(birlik) hisoblanadi va ijtimoiy tarixning uzoq davom etgan ibtidoiy
jamoa davriga to‘g‘ri keladi. urug‘lar tadriji natijasida qabila
umumiyligi hamda qabilalar ittifoqi qaror topadi. ular, o‘z navbatida,
keyingi umumiyliklarning – elat va millatning paydo bo‘lishiga
zamin hisoblanadi. hozirgi sharoitlarda millatlararo va davlatlararo
munosabatlarning tig‘izlashuvi jarayonida alohida umumiylik sifatida
xalq shakllanmoqda.
tipik holda aholining ko‘proq
yevropaga oid olinganidagi
sinfiy tabaqalanishi ijtimoiy soha tuzilmalarida muhim o‘rin tutadi.
Sinflarning mavjudligi, dastavval, mulkchilik
shakllari va ijtimoiy
mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. hozirgi rivojlangan davlatlarda
sinfiy farqlanish avvalgi o‘tkirligini yo‘qotib bormoqda. Zero, uning
o‘rnini ijtimoiy qatlamlardagi bilim darajalari, mavjud hokimiyatga
munosabatlari, yashash tarzlarining o‘xshashligi singari belgilariga
ko‘ra ajralib turadigan ijtimoiy guruhlar egallamoqda. O‘z navbatida,
ijtimoiy guruhlar kishilarning ijtimoiy ahamiyatga molik mezonlarga
ko‘ra farqlangan istagan tarzdagi birligidir. bu jihatdan yondashganda
ijtimoiy maqomni – insonning jamiyatdagi o‘rnini,
ahvolini ham
farqlash lozim bo‘ladi. buni quyidagi misolda – ayni bir odamni
turli jihatlardan olib ko‘rish mumkin: kasbi – o‘qituvchi; yollanib
ishlab o‘rtacha ish haqi oluvchi – iqtisodiy belgi; 50 yoshdagi erkak –
demografik ko‘rsatkich; siyosiy partiya a’zosi – ijtimoiy pozitsiya va
hokazo.
ijtimoiy sohani yuqorida qarab chiqilgan
tashkil etuvchilari
qatoriga yana ishlab
chiqarishning muayyan tarmoqlarida band bo‘lgan mehnat jamoalari,
shuningdek,
fermerlar, turli tarzdagi
ijarachilar, savdo sohasi
Dostları ilə paylaş: