85
qirilib ketishi, mustamlakachilik va boshqa ko‘pgina dahshatli
voqealar ham yuz berdi.
davlatchilikni
rivojlantirish bilan siyo-
siy boshqaruvning murakkab tartiboti
may don ga keladi. bunda,
eng avvalo,
jamiyatning siyosiy sohasida yuzaga keladigan siyosiy tashkilotlar
turkumi, masalan,
partiyalar nazarda tutiladi.
Siyosiy partiya – bu jamiyat ma’lum
qismi manfaatlarini
ifodalab, ularni hokimiyat ishlarida qatnashishi yoki davlatni qo‘lga
kiritish orqali amalga oshirishni ko‘zlagan hamfikrli kishilarning
uyushgan guruhidir. uning kurtaklari juda qadimga borib taqaladi.
hozirgi maqomdagi siyosiy partiyalarning dastlabki ko‘rinishlari
yevropada xvii–xviii asrlarda ro‘y bergan inqiloblar bilan bevosita
bog‘liqlikda yuzaga keldi va xalq vakolatchiligini ifodaladi. hozirgi
vaqtda siyosatga xalq ommasining
tortilishi munosabati bilan
siyosiy partiyalarning roli oshib ketdi hamda ular siyosatning asosiy
subyektlaridan va demokratik davlat zarur unsurlaridan biriga aylandi.
buni davlatning vakolatli organlariga o‘tkaziladigan saylovlarda
ishtirok etish (nomzodlar tavsiya etish, saylovoldi targ‘iboti, saylov
komissiyalari ishida qatnashish va hokazo) da ko‘rish mumkin. davlat
ham partiyalarni qonun yo‘li bilan (partiyalarning siyosiy tizimdagi
o‘rni
va roli belgilashi; ularning tashkil etilishi va faoliyatining
to‘xtatilish tartibi, shartlari; dasturlari va mafkurasiga doir talablar;
partiyalarning moddiy-iqtisodiy bazasining belgilanishini va hokazo)
nazorat qiladi. partiyaviy
tizim odatda ko‘ppartiyaviylik (demokratiya
mavjudligida) va
bir partiyaviy (totalitar davlatlarda) ko‘rinishidan
iborat.
Dostları ilə paylaş: