86
•
Siyosiy partiyalar – aholining avangard qismi bo‘lib, muayyan
manfaatlarga (masalan, davlat hokimiyatiga)
erishish uchun
faoliyat ko‘rsatadigan guruh.
•
Partiyaviy tizim – nechta partiya va qanday sharoitda ish olib
borayotganligini ifo
dalaydigan tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. Jami
yat siyosiy sohasini uning boshqa sohalari bilan aloqasini
mulohaza qiling.
2. siyosiy soha tarkibiga nimalar kiradi?
3. O‘quvchilar siyosat obyektimi yoki subyekti?
4. partiyalar faoliyati har doim oqilona tashkil etiladimi?
5. O‘zbekiston Respublikasidagi partiyaviy tizim haqida mulo-
haza yuriting.
21-§. ijtimoiy institutlar
murakkab tuzilma bo‘lgan jamiyat ichida
harakatlanuvchi kuchlar shunday darajada
o‘zaro bog‘liqki, ularning alohida olingan
har bir xatti-harakati oqibatlarini oldindan ko‘rish iloji yo‘q. shunga
ko‘ra, sotsiumning qaysi darajasida olinishidan qat’i nazar mavjudligi
va rivojlanishi uning a’zolari –
kishilar faoliyatining shakli bo‘lgan
ijtimoiy institutga bog‘liq bo‘ladi. «institut» atamasi fanda ko‘p
ma’nolarda va ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi.
ijtimoiy institut kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning xatti-
harakatlarini tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi
vosita hisoblanadi.
Odatda eng muhim, eng zarur darajadagi
institutlarga oilaviy, siyosiy,
iqtisodiy, ta’limiy va diniy tuzilmalar
kiradi. hozirgi rivojlangan jamiyatlar
sharoitida fan qadriyatlari
tobora muhim ahamiyat kasb etib borgani sari uning standartlarini ham
institut jumlasiga kiritish mumkin.
insoniyat tarixining har bir bosqichi o‘zidan oldingisidan
institutlarning soni va salmog‘ining oshib borishi bilan tavsiflanadi.
buni hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan institutlar ko‘lami
misolida,
ayniqsa, yaqqol ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: