11
2-§. insonning o‘zini o‘zi hamda tashqi dunyoni bilishi
zarurligi va imkoniyatlari
inson o‘zini o‘rab turgan voqelik bi lan
munosabatga kirishishga,
uni bilish ga
majbur. bilish inson bilan dunyo o‘rta -
si dagi asosiy munosabatdir.
Birinchidan, inson tabiatan har narsaga
qiziquvchan mavjudot. U o‘zi atrofida yuz berayotgan voqea lar-
dan hayratlanadi, ularning tag ildizlarini bilishga harakat qiladi.
Ikkinchidan, insonning muayyan ehtiyojlari
uni atrof-muhitga mosla-
shi shini taqozo qiladiki, bu ham bilishga undaydi.
Uchinchidan,
insonda oqilona tushuntirish qiyin bo‘lgan
ichki bir jihat ham
borki, u insonning bilishga doir xatti-harakatini stixiyali bo‘lsa-da,
belgilaydi.
shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, biluvchi mavjudot bo‘l-
gan inson o‘zini o‘zi bilishga ham harakat qiladi. Odatda, insonning
qaysi ijtimoiy-madaniy muhitda shakllanganligiga ko‘ra, uning bilishi
belgilanadi. sharqona an’analarda insonning o‘zini o‘zi bilishiga katta
ahamiyat berilgan.
O‘zini o‘zi bilish tashqi dunyoning bilishi zaruriyati bilan
bog‘liqlikda kechadi. lekin inson har doim ham o‘zi to‘g‘risida
obyektiv va mukammal bilimga ega bo‘lavermaydi. uning o‘zini
o‘zi bilishi boshqalarning u to‘g‘risidagi bilimlari va tashqi dunyoni
bilishi natijalari bilan muqoyasa etilmog‘i, to‘ldirilmog‘i lozim. bunda
nazarda tutish kerakki, g‘arb – yevropa madaniyatida insonning tashqi
dunyoni o‘zlashtirishi, egallashi muhim hisoblanadi.
insonning bilishida har doim
tevarak-atrof hodisalarini (dunyo
qanday tuzilgan? Uning sir-u sinoati nimada? va h.k.), o‘zining
imkoniyatlarini
(dunyoni bilishi muammolari) va yashashi shartlarini
(yashashning ma’nosi, maqsadi va h.k.) mulohaza qilishi lozim.
Bular,
ayni vaqtda, falsafiy bilishning tegishli tarzda,
uchta katta
qismi – ontologiya (qadimgi yunoncha ontos – voqelik, borliq, logos –
ta’limot),
gnoseologiya (gnosus – bilish) va
antropologiya (antropos –
inson) muammolari jumlasiga kiradi.
bilish insonning ko‘rish, eshitish, hid
bilish, ta’m
bilish va tuyish sezgilari
orqali voqelikdan olgan ta’sirlaridan
Dostları ilə paylaş: