Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Tarixning chiziqli 
kechishi masalasi
ikkinchi bo‘lim. Jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
www.ziyouz.com kutubxonasi


93
nishda insonning o‘rni tarixda lozim darajada aks etmaydi. holbuki, 
tarix, dastavval, inson tarixi – kishilar tarixidir. ularning tarixi 
doirasidagina moddiy jarayonlar o‘tmishning mazmuni, mohiyati 
ifodalanadi.
xx asrga, ayniqsa, uning oxirlariga kelib 
ijtimoiy dinamizmning doiraviy tarzda 
yuz berishi to‘g‘risidagi qadimdan mavjud 
bo‘lgan qarashlar yangi mazmun kasb etib, tarqala boshladi.
darhaqiqat, insoniyat tarixida voqealarning muayyan maromda 
yuz berishi va takrorlanishi sharqda ham, g‘arbda ham e’tiborda 
bo‘lgan. asta-sekin kishilik dunyosi rivojlanishining davriy tarzda
yuz berishi g‘oyasi shakllangan.
hozirgi davrning mashhur tarixchisi F.Brodelning (Fransiya)
ta’kidlashicha, tarixiy voqealar – bular changlar, ulardagi asosiy jihat 
davriyliklardan iboratdir. bunda jarayonlar boshlanganidan ularning 
tugashigacha bo‘lgan vaqt olinadi.
davriy o‘zgarishlar ikki xil tarzda: tizimiy-mutanosiblik va 
tarixiy shakllarda kechishi qayd etiladi. ulardan birinchisida 
ijtimoiy o‘zgarishlar bir sifat holati doirasida kechib, olingan natija 
ikkinchi sifat o‘zgarishlari uchun ilk nuqta bo‘ladi, deb hisoblanadi. 
ko‘rinadiki, bunday shaklda kechayotgan davriylik tufayli ijtimoiy 
holat mo‘tadilligi ta’min etiladi.
davriylikning tarixiy shaklida mutaxassislar nazarida, umuman 
kishilik jamiyati ko‘rinishlari, xususan, uning aniq olingan tarkibiy 
qismlari muayyan muddat yashab, so‘ngra ularni tugatadi. albatta, 
bunda tugayotgan ijtimoiy organizm bilan uning o‘rniga kelayotgan 
tuzilma o‘rtasida muayyan zarur bog‘lanishlar bo‘ladi.
yuz berishi xillariga ko‘ra davriylikni qaysi tizimda kechishiga 
ko‘ra mayatniksimon (kichik tizimda), doiraviy (o‘rtacha kattalikdagi 
tizimda), to‘lqinsimon (katta tizimlarda) va hokazo ko‘rinishlari farq 
etiladi.
borliqning o‘zaro mos holatini ifoda-
laydigan muhim jihat harakatning ilgari-
lama yo‘nalganligi – taraqqiyotdir.
bu haqdagi tasavvurlar qadimdan 
ma’lum. lekin nasroniylik dini insonning axloqiy takomillashuvi 
doirasida taraqqiyot tamoyilini xiyla to‘laroq ravishda kun tartibiga 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin