95
shilarning boshqalar va jamiyat hisobiga jinoyatkorona boyib
ketishi;
beshinchidan, ijtimoiy adolat tamoyillarining
buzilishi oqiba-
tida mamlakat aholisi katta qismi turmush darajasining pasayib
ketishi;
oltinchidan, inson
huquqlarini izchil buzilishi, irqchilik,
millatchilik va shovinizm illatlarining namoyon bo‘lishi;
yettinchidan, kishilarga kelajakni ilohiylashtirib ko‘rsatib hozirgi
davr va o‘tmishni
nazar-pisand qilmaslik;
sakkizinchidan, taraqqiyot ahamiyatini ko‘rsatishda bamisoli din
darajasida ish ko‘rish;
to‘qqizinchidan, taraqqiyot tarafdorlari xohish-irodasidan qat’i
nazar kelajakni ideallashtirish avlodlararo ziddiyatni keltirib chiqarishi
mumkinligi, ya’ni, o‘tmish to‘laqonli bo‘lmagan edi, kabi fikrlarni
ilgari surish va hokazo.
xo‘sh, bu qiyoslardan qanday xulosa kelib chiqadi? albatta,
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotdan
voz kechish kerak, degan fikrga
bormaslik lozim! gap hozirgi zamon nuqtayi nazaridan jamiyatning
tarixiy taraqqiyoti tushunchasini qayta baholash to‘g‘risida bor-
moqda. Unga insonning jismoniy va ruhiy tavsiflari bilan uzviylikda
qarash kerak.
Jumladan, inson va jamiyat taraqqiyotining muhim
ko‘rsatkichi sifatida hayotning o‘rtacha
uzunligi, onalar va bolalar
olimi darajasi, salomatlikning jismoniy va ma’naviy jihatlari, hayotdan
qoniqish tuyg‘usi va hokazolar olinishi lozim. bir tomondan tarixiy
taraqqiyotning biron-bir ko‘rinishi, xoh iqtisodiy, xoh ijtimoiy-siyosiy
yoki boshqa sohasi bo‘lsin, sayyoradagi
har bir insonni qamrab
borayotgan barcha o‘zgarishlar uchun, tarix harakatiga maqsadga
muvofiq yo‘nalish berish uchun har bir insonning mas’uliyat
hissi
keskin oshmoqda.
Dostları ilə paylaş: