97
yaxlitligiga ega. bu yaxlitlik tuzilma darajasidagi kichik funksionallik
bilan ta’minlanadi.
Jamiyat holatining funksional tahlilida uni tashkil etgan qismlar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarning xarakteri va yo‘nalganligi masalasi
hamisha muammoli hisoblanadi. eng umumiy tarzda bu masalaga doir
qarashlarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
bu yo‘nalishda sotsiumning tashkiliy
shakllanishidan tortib,
uning turli dara-
jalari funksional mavjud bo‘lishigacha
barcha bosqichlardagi holati
Oliy yaratuvchi xohish-irodasiga
bog‘liq ekanligi asoslanadi. Jamiyatni nima harakatga keltiradi
va uning manbasi qayerda, degan masala
diniy fenomenning ilk
ko‘rinishi bo‘lgan asotirda dastavval ifodasini topgan. masalan,
yunon shoiri
Gesiodning (yangi eradan avvalgi v asr) poemasida
quyidagicha hikoya qilinadi: Olimp tog‘idagi
xudolar insonning
birinchi avlodini baxtli qilib yaratdilar. bu avlod yashagan davr
oltin
asr bo‘lgan.
kishilar
ikkinchi asrda, avvalgi
oltin asrdagidek baxtli, kuch-
da ham, aqlda ham avvalgidek bo‘lmagan va xudolarga ham
bo‘ysunmagan. bundan achchig‘langan
Zevs ularni yer ostida
yashashga majbur qilgan.
zevs yaratgan uchinchi zot va
uchinchi – mis asri oldingilariga
o‘xshamagan.
kishilarning quroli ham, uy-joylari ham misdan
qilingan. ular bir-birini shafqatsiz talaganlar.
To‘rtinchi asr va yangi kishilar zoti zevs tomonidan yarim xudo –
qahramonlar sifatida yaratilgan bo‘lib, ularning barchasi keyinroq
qonli urushlarda qirilib ketadilar.
so‘nggi
beshinchi temir asri kishilar zoti yaratilganidan beri
hozirgacha yashab kelmoqda. kishilar kechasi-yu kunduzi, tinimsiz
ravishda og‘ir mehnatga mahkum etilganlar. ularga ba’zan xudolar
tomonidan birmuncha ezguliklar ham yuborilib tursa-da,
yovuzlik
ko‘proq va hamma joyda mavjuddir. vijdon xudosi va adolat
kishilarni tashlab Olimp tog‘iga ketib qolganlar.
kishilik dunyosi funksional holatining asotiriy tushuntiri-
lishi barcha xalqlarda mavjud. mohiyatan
bu izoh keyinroq ancha
o‘zgargan holda barcha monoteistik dinlarga ham o‘tgan.
Iudaviylik
dinning, shuningdek,
nasroniylik dinining ham kitobi
Injilda
keltirilishicha, gunohlari uchun
Odam va
Yeva jannatdan quvilsa-da,
Dostları ilə paylaş: