12
boshlanib, shu sezgilarning oddiy tarzi – tuyg‘ular, so‘ngra
idrok
yoki hissiy qabul qilish va tasavvurdan tashkil topadi. bu uning
hissiy
bilish deb atalgan birinchi darajasini bildiradi.
hissiy
bilishdan boshlangan jarayon aqliy (ratsional) bilish
darajasi bilan yakunlanadi. uning shakllari bo‘lib
tushuncha (muayyan
turdagi narsa, hodisa yoki voqea to‘g‘risida umumlashma fikr),
hukm (tasdiq yoki inkorni bildirgan fikr) va
xulosa (olingan yangi
fikr) hisoblanadi.
Umuman olganda, bilish hissiylik va ratsionallik
birligidan iboratdir.
bilishning bu o‘zaro taqozolangan
ikki darajasi inson hayot
faoliyatining barcha sohalarida va u aloqada bo‘lgan voqelikni
o‘rganishda ham amal qiladi.
bilishning
natijasi bilim bo‘lib, xilma-xil tarzlarda mavjuddir.
voqelik haqida bilimlarga ega bo‘lishda bilish jarayoni doirasida
xotira, xayol, intuitsiya va
ijod hodisalari ham kuzatiladi. agar xotira
yordamida inson hissiy va aqliy shakllarda olingan bilimlarni saqlab
qolsa va tiklasa, xayol yordamida esa ilgari ma’lum bo‘lgan yoki
yangi his-tuyg‘ular va fikrlar gavdalantiriladi. Odatda,
xayolda har
doim yangilik unsurlari bo‘ladi.
intuitsiya (e’tiborli qarash) yordamida inson dalillar va muloha-
zalarsiz muayyan bilimga ega bo‘ladi. qator mutafakkirlar intuitsiyani
inson va uni o‘rab turgan Olam o‘rtasidagi har doim mavjud bo‘lgan
muvofiqlik deb qaraydilar.
bilish insonning ajralmas salohiyati ekanligidan uning tabiatan
ijodkorligi kelib chiqadi. ijod – bu ilgari bo‘lmagan bilimni yoki uning
asosida u yoki bu moddiy obyektni yaratishdir. ijodkorlik darajalari
farqlanadi.
Geniallik tufayli eng ko‘p natijaga erishish mumkin.
talantlilik ham insonning yuksak salohiyati ifodasidir.
bilimning
voqelikka qanchalik mos
kelishligi – haqiqat masalasi qadimdan
hozirgacha mutafakkirlarni o‘ylantirib
keladi. Bunda, ayniqsa, hozirgi davrda bu xususda xilma-xil fikrlar
o‘rtaga tashlanmoqda.
ulardan biriga,
muvofiqlik konsepsiyasi deb
atalganiga ko‘ra, fikrning u ifodalagan obyektga aynan mos kelishi
haqiqat bo‘lib, uni har qanday sharoitda tekshirish mumkin.
haqiqatning
boshqa bir konsepsiyasiga ko‘ra, obyekt haqidagi
bilimlar o‘zaro olinganda ziddiyatli bo‘lmasligi kerak.
bu jihatdan
Dostları ilə paylaş: