98
ularning avlodlariga e’tibor beriladi. xudo olamni suvga bostiradi,
kishilarning o‘zaro munosabatlari me’yorlarini din amri sifatida aniq
belgilab beradi. bu me’yorlardan to‘rttasida xudoning buyukligi,
qolgan oltitasida
esa ota-onani hurmat qilish, o‘g‘rilik, qotillik,
bevafolik qilmaslik, yolg‘on guvoh
bermaslik va yaqinlarining
mulkiga, xotiniga, umuman, hech nimasiga ko‘z olaytirmaslik haqida
gap boradi.
nasroniylik kishilik jamiyati turli holatlarini doimo diqqat
markazida tutib keladi. bu dinning bosh g‘oyasi – insonning
gunohkorligi va qutqarishlik masalasi hisoblanadi. Odam va yevadan
boshlangan
gunohi tufayli kishilar, insoniyatning barcha a’zolari
o‘zaro tengdir. ular uch qiyofada namoyon bo‘ladigan yagona va
buyuk xudoga e’tiqod qilib gunohlari uchun tavba-tazarru etishlari
lozim, degan tushuncha mavjud.
nasroniylikda barcha ijtimoiy
masalalar shaxs fenomenida
jonlanadi. uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatlarida
xudo bilan munosabati avtonom, deb olinadi. shunga ko‘ra, u o‘z-
o‘zini baholash orqali dunyo taqdiriga mas’uldir.
islom dinida borliq holati me’yorlari barcha musulmonlar uchun
qur’oni karimda ifodalab berilgan. bu – har kuni
besh martalik
namoz, ro‘za, zakot, imkon bo‘lganda
muqaddas joyga kamida bir
marta qilinadigan haj va hokazolardir. «albatta, osmonlar-u yerning
mulki allohnikidir. u o‘zi tiriltiradi, o‘zi o‘ldiradi» («tavba» surasi,
116-oyat).
Hindiylik dini yo‘nalishlaridan biri vishnuiylikda
uchlik – braxma
(olamni yaratuvchi), vishnu (olamni ehtiyot qiluvchi va homiy) va
shiva (vayron etuvchi) mavjud deb qaraladi. vishnu inson zotini
himoya qiladi, kishilar faoliyatini yo‘naltiradi.
Buddaviylikda xudolar dunyoviy ishlarga aralashmaydi. yaxshi
hayot kechirish insonning o‘ziga bog‘liq. lekin barcha uchun majburiy
bo‘lgan
«bironta ham tirik jonni o‘ldirmaslik», «o‘g‘irlik qilmaslik»,
«birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik», «yolg‘on gapirmaslik»,
«sarxush qiluvchi ichimliklar iste’mol qilmaslik» kabi qoidalar ham
mavjud.
Jamiyat jarayonlarini o‘rganishda hamda
uni funksional
tomondan tushuntirishda
monistik va plyuralistik yondashishlar
farqlanadi. ulardan birinchisida sotsium holatini belgilovchisi
Dostları ilə paylaş: