100
5. huquqiy omil – kishilarning taqiqlanmagan barcha faoliyat
turlari bilan shug‘ullana olishi.
6. kundalik ehtiyojlar – bunda kishilar qanchalik kuchlari yetadi,
shunga bog‘liq tarzda o‘zlari uchun foydali bo‘lgan iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy va hokazo faoliyat turlari bilan band bo‘ladilar.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, kishilik jamiyati tavsifida uni
nimalardan iboratligini bilishning o‘zi yetarli emas. uni tashkil etgan
tomonlar qanday vazifalarni va qay tarzda bajaradi, degan masalalarga
javob berish ham muhim hisoblanadi.
Asosiy tushunchalar
•
Fu
nksional holat – kishilik dunyosi tarkibiy qismlarining
o‘zaro mutanosibligida uning o‘zgarishi,
rivojlanishini
ifodalaydigan tushuncha.
•
monizm (yunoncha:
bir) – olamni yagona asosda tashkil
topganligini izohlaydigan tushuncha.
•
Plyuralizm (lotincha:
ko‘plik) – narsa va hodisalarning yagona
asosga keltirilmasligini, ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan
tarzda turli-tumanligini tushuntiradigan t
ushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1.
kishilik dunyosi funksional holati uning tarkibiy qismlari
holatidan nima bilan farqlanadi?
2. kishilik dunyosi mavjudligining
funksional jihati qanday
tuzilishga ega?
3. ijtimoiy tarixni tushuntirishda funksional yondashishning
ahamiyati qanday?
4. kishilik dunyosi jarayonlarida diniy omillarning o‘rnini
mulohaza qiling.
5. dunyoviy
qarashlar haqidagi fikringizni bildiring.
Amaliy ish
1. «
tarix» tushunchasini qo‘llashning amaliy ahamiyati nimada?
2. «sotsium», «jamiyat» va «tarix» tushunchalari o‘zaro qanday
bog‘liqlikda ekanligini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: