Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Sivilizatsiya 
tushunchasi
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


104
Uchinchidan, insoniyat ilgarilama harakatida u erishgan darajani 
anglatgani bilan sivilizatsiya evristik – bilish ahamiyatiga molikdir. 
bularga asoslanib sivilizatsiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
unda keng ma’noda sotsiumning muayyan sifat holati, tor ma’noda esa 
uning har bir tarixiy bosqichlari tashkiliy tuzilishi tamoyillaridan tortib 
asosiy jihatlari namoyon bo‘lishining shart-sharoitlari yig‘indisigacha 
barchasi tushuniladi.
hozirgi vaqtda «sivilizatsiya» tushunchasi ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda markaziy o‘rin tutmoqda. uning yordamida insoniyat tarixi 
jarayonlarining turli-tuman kechishi masalalari to‘laroq qamrab 
olinadi.
tarixan ilk sivilizatsiyaning shakllanishi 
miloddan avvalgi 17-yuzyillikka to‘g‘ri 
keladi.
sug‘orma dehqonchilikka asos lan-
gan hayot neolit inqilobini yuzaga keltirgan. Chorvachilik va 
dehqonchilikning kelib chiqishi insoniyat tarixida birinchi mehnat 
taqsimoti edi.
dehqonchilikni yo‘lga qo‘yishda murakkab irrigatsion ishlarni 
bajarish uchun doimiy, o‘troq yashash zarur edi. O‘troqlikka o‘tish 
bilan paydo bo‘lgan manzilgohlar anchagina qulayliklarga, ba’zan esa 
tashqi devorlarga ega bo‘lganlar. bu esa boyliklar va tajriba nafaqat 
jamoa tasarrufi ko‘rinishida, balki maxsus predmetlar (texnika) 
shakli va miqdori ko‘rinishida ham to‘planib borganini anglatadi. 
Faoliyat turlarining ko‘payishi natijasida toshdan, yog‘ochdan, 
suyakdan mehnat qurollari yasash, yerga ishlov berish, chorvachilik 
va dehqonchilik xomashyolariga qayta ishlov berish, kulolchilik 
buyumlari yasash, uy-joylar qurish va hokazolarga erishildi. 
Hunarmandchilik va quruvchilikning (ikkinchi va uchinchi 
mehnat taqsimoti) maydonga kelishi yuqoridagi jarayonlarning 
natijasi bo‘ldi. bularning barchasi sivilizatsiya kelib chiqishining 
iqtisodiy jihati hisoblanadi. uning ijtimoiy ifodasi esa ibtidoiy 
kishilarda bo‘lgan zootsentristik, totemistik shakllarni bartaraf etib, 
ular o‘rniga antropotsentristik, urug‘ shakllarini paydo bo‘lishini 
bildirgan. Sivilizatsiya kishisi iste’molchidan universal qadriyatlarni 
yaratuvchiga aylangan. uning uchun axloqiy, so‘ngra esa huquqiy 
me’yorlar va ularni amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar 
zarur bo‘lgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin