Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energivasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo'la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o'nta tugmali "VK-1" mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo'lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo'lib, 2000 amal bajara olar edi.
Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.
Shu maqsad yo'lida 1942-45 yillarda birinchi bo'lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bolgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba'zi manbalarda 70 tonna) o'girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi.
1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki boMdi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada "ADVAK", "EDSAK", "SEAK", "BINAK", "UNIVAK" va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo'ldi.