1. Milliy tarbiya yo’nalishlari va milliy tarbiya usullari
2. Ma’naviy tarbiya asoslari
3. Ziyoli mas’uliyati
Mustaqil O’zbekistonda ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari
Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o’zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo’lmaydi. Unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish, ko’nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o’zga insonlarga mehr uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar tug’ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg’usi haqida kitoblarda yozilganlarni o’qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo’lib qoladi, deb tasavvur qilish o’ta soddalik bo’lur edi
Milliy tarbiya yo’nalishlari va milliy tarbiya usullari
Yuqorida tilga olingan vazifalarni amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak. Eng avvalo, tarbiyaning ikki bosqichi mavjudligini unutmaslik zarur. Albatta, asosiy maqsad – yosh avlod tarbiyasi, ammo bu maqsadga erishish uchun ishni birinchi bosqichda tarbiyachilarni tarbiyalashdan boshlash kerak bo’ladi.
. O`zbek milliy urf-odatiga ko`ra ko`pincha bolalarning tabiatiga baho berilganda uning ota-onasidagi mavjud hislatlariga nisbat berib baholanadi.
. O`zbek milliy urf-odatiga ko`ra ko`pincha bolalarning tabiatiga baho berilganda uning ota-onasidagi mavjud hislatlariga nisbat berib baholanadi.
Qadimdan shunday gap qolgan “Qush uyasida ko`rganini qiladi” ya`ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi.
Yaxshi xulq ham yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalardan o`tadi.
Demak har bir ota-ona o`z farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma`quldir. Shunda u ulg`aygan sari oriyatli, nomusli, burchni his qiladigan hushmomala, odobli, bemorlarga hamdard bo`ladi.